Meksikalik tadbirkor Xose Antonio del Valle Coca-Cola kompaniyasi ustidan Mexiko prokuraturasiga arz qildi. Bu haqda Financial Times naşri xabar berdi. Arzçi kompaniyadan 345 mln dollar undirmoqçi. Arzga Coca-Cola’ning göyoki miya faoliyatini yaxşilovçi yangi içimligi sabab bölgan.    

Vallening aytişiça, u 2012 yilda Meksika va Niderlandiyada aminokislotalar negizidagi qöşimçaga ega Gaba nomli içimlik işlab çiqarilişini yölga qöygan. Qöşimçaning qöllanilişi tarafdorlarining ta'kidlaşiça, u stressni olişga, uyqu bilan boğliq muammolarni hal qiliş va diqqatni jamlaşni yaxşilaşga yordam beradi. Biroq bu içimlikning uşbu xususiyatlarini aniqlaş böyiça ötkazilgan tadqiqotlar natijalari turliçadir. Şunga qaramay, qöşimça Yaponiyada oziq-ovqat sanoatida faol qöllanadi.

Valle 2016 yilda içimlikning formulasini qayta körib çiqiş va rebrending qiliş uçun uning işlab çiqarilişini töxtatgan. U şu bilan bir vaqtda Coca-Cola bilan bu mahsulot böyiça tijoriy hamkorlik haqida muzokaralar olib borişni boşlagan. Hozirda bu mahsulot Go Gaba deb ataladi. 2017 yil dekabrda tomonlar Coca-Cola’ga bunday içimliklarni keyingi 30 oy içida işlab çiqarilişi va tarqatilişida iştirok etişni taqiqlovçi kelişuvni imzolaşgan. Biroq köp ötmay meksikalik Coca-Cola Yaponiyada Fanta Gaba nomli içimlik sotişni boşlaganidan xabar topgan. Valle AQŞ kompaniyasiga kelişuvni buzganini aytgaç, içimlik yapon supermarketlari peştaxtalari va kompaniyaning mahalliy saytidan olingan. 

Endi esa meksikalik Coca-Cola’ni korporativ firibgarlik va sanoat mulkini öğirlaşda ayblamoqda. U kompaniya harakatlaridan körgan zararni 344,5 mln dollarga baholagan. Prokurorlik tergovi natijalariga köra sud Coca-Cola’ga uşbu ayblovlarni rasman qöyiş-qöymaslik böyiça qaror çiqaradi.