Bugun savdo nuqtalarining vazifasi mahsulot sotiş bilan çeklanmayapti. Ayniqsa, yoşlar orasida kiçik dökon, kafe yoki market xarid bilan bir qatorda uçraşuv, suhbat va maroqli vaqt ötkaziş joyiga aylanmoqda. Coca-Cola’ning Özbekistondagi “Keldik. Ketmadik” kampaniyasi ham ana şu özgarayotgan isteʼmol odatiga eʼtibor qaratmoqda. Loyihaning muhim jihati esa qaytariladigan şişa idiş orqali qadoqdan takror foydalaniş modelini tarğib qilişdan iborat.

Dökon, xaridor, vaqt: savdoning özgarayotgan qoidalari
Tasavvur qilaylik: odam uyidan çiqib, yaqinidagi dökonga biror içimlik yoki kundalik mahsulot oliş uçun kirdi. Xarid bir neça daqiqa vaqt oladi. Ammo dökonda tanişi uçrab qoladi. Suhbat boşlanadi. Keyin yana bir odam qöşiladi. Kimdir biror öyin taklif qiladi. Yoki şunçaki dökon oldidagi stol atrofida suhbat davom etadi. Natijada xarid uçun kirilgan joy uçraşuv makoniga aylanadi.
Bu holat yangi emas. Odamlar tarixan bozor, çoyxona, mahalla, kafe yoki köça kabi joylardan savdodan taşqari muloqot uçun ham foydalangan. Yangilik şundaki, bugungi savdo biznesi ham mazkur ehtiyojga tobora köproq eʼtibor qaratyapti. Çunki odamlarni obyektga jalb qiliş uçun mahsulotning özi yetarli bölmayapti. Xaridorning dökonda qança vaqt qolişi, u yerda özini qanday his qilişi va bu joyni boşqalarga tavsiya etişi ham biznes uçun ahamiyatli.
Coca-Cola’ning “Keldik. Ketmadik” loyihasi şu nuqtada qiziq. Kompaniya şişa idişdagi mahsulot sotiladigan mahalliy savdo nuqtalarida odamlar köproq vaqt ötkazişi uçun maxsus hududlar taşkil etmoqda. Stol öyinlari, suratga tuşiş uçun joylar va oçiq havoda suhbatlaşiş imkoniyati şular jumlasidan.


Nega odamlar bunday joylarga ehtiyoj sezmoqda?
Smartfon va ijtimoiy tarmoqlar odamlarni bir-biriga doimiy ravişda boğlab turgandek körinadi. Ammo onlayn aloqa yuzma-yuz muloqotning örnini töliq bosa olmaydi. Şu sababli odamlar uçraşadigan fizik makonlarning ahamiyati saqlanib qolmoqda.
Uy – şaxsiy hudud. Iş yoki universitet esa majburiyatlar bilan boğliq makon. Restoran yoki köngiloçar markaz maxsus reja va xarajatni talab qilişi mumkin. Dökon yoki mahalla yaqinidagi kiçik savdo nuqtasi bu borada qulayroq imkoniyat beradi: u kundalik hayotning özida mavjud. Yaʼni uçraşiş uçun alohida bahona kerak emas. Şu nuqtadan qaraganda, savdo nuqtasini kiçik ijtimoiy makonga aylantiriş nafaqat marketing usuli, balki odamlarning kundalik hayotidagi böşliqni töldirişga qaratilgan yondaşuv sifatida ham körilişi mumkin.














