Marosimda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev iştirok etib, tadbirni rasman oçib berdi. Davlat rahbari milliy terma jamoani futbol böyiça Jahon çempionatidagi iştiroki oldidan şaxsan qöllab-quvvatlaşini bildirar ekan, bu tarixiy yutuqning butun mamlakat uçun alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
“Kelinglar, bugun hammamiz yaxşi niyat qilaylik. Jahon çempionatida futbolçilarimizni Yaratganning özi qöllasin! Har bir öyinda xalqimizning duosi madadkor bölsin!
Yaşasin özbek futboli! Yaşasin Yangi Özbekiston yoşlari! Yaşasin bunyodkor Özbekiston xalqi!” – deya nutqini yakunladi Şavkat Mirziyoyev.

Marosim arafasida milliy terma jamoa öyinçilari va murabbiylar ştabi Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev bilan uçraşdi. Bu bölajak turnir oldidan jamoa uçun muhim va ruhlantiruvçi voqea böldi.
Oqşomning asosiy voqeasi Özbekiston milliy terma jamoasining “Bunyodkor” stadionidagi örtoqlik uçraşuvi böldi. Stadion örindiqlari jamoani bayroqlar, hayqiriqlar va qarsaklar bilan qöllab-quvvatlagan muxlislar bilan tölib-toşdi. Bu köplab mehmonlar uçun terma jamoani 2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionatidagi tarixiy iştiroki oldidan aynan şu tarkibda köriş uçun ajoyib imkoniyatga aylandi.

“The Coca-Cola Company uçun bugun, ana şunday tarixiy bir pallada Özbekiston terma jamoasi yonida turiş katta şarafdir. Coca-Cola — özi işlab çiqariladigan mamlakat qalbi bilan yaşaydigan jahon brendidir. Biz muhim bir voqea — Özbekiston milliy terma jamosini futbol böyiça 2026 yilgi Jahon çempionatiga kuzatiş marosimining bir qismi bölganimizdan çin dildan faxrlanamiz.
Özbekistonning har bir ğalabasi nafaqat millat zafari, balki butun dunyodagi Coca-Cola tizimi uçun ham iftixor manbaidir. Bugun biz şunçaki hamkor emas, balki jamoamizni butun qalbimiz bilan qöllab-quvvatlaydigan muxlislarmiz. Futbolçilarimizga çin yurakdan kuç-quvvat, öziga işonç va jahon arenasida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Faxr bilan olğa — Olğa, Özbekiston!” deya ta’kidladi Coca-Cola kompaniyasining Özbekistondagi boş direktori Kazumasa Mukaye.























