Yagona umumrespublika protsessing markazi ma'lumotlariga köra, 2018 yilning 2-çorak natijalariga köra, Özbekiston hududida amalga oşirilgan e-commerce tranzaksiyalar soni joriy yilning 2-çoragiga nisbatan pasayiş körsatkiçlarini namoyon etdi.
Jumladan, joriy yilning 3-çoragida e-commerce tranzaksiyalar soni 69,8 mln.i taşkil etib, 2018 yilning ötgan 2-çoragidagi 72,4 mln.lik holatiga nisbatan 3,6%lik pasayişni qayd etdi.
3-çorakda elektron kommersiya böyiça amalga oşirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 1 610,7 mlrd. sömni taşkil etdi. Uşbu körsatkiç 2018 yilning 2-çorakida qayd etilgan 872,4 mlrd. sömga nisbatan 184,6%ga ösişni körsatmoqda.
Muomalaga çiqarilgan plastik kartalarning umumiy soni böyiça esa, 3-çorakda qayd etilgan 817 179 ta plastik karta soni, joriy yilning 2-çoragida qayd etilgan 813 831 ta plastik kartalar soniga nisbatan 0,4%lik ösişni namoyon etdi.
Umumiy körsatkiçlarni hisobga olganda, muomalaga çiqarilgan plastik kartalar soni böyiça “Xalq banki” 162 725 talik körsatkiç bilan yetakçilik qilmoqda. Ikkinçi örinda “Agrobank” 123 360 ta hamda “Ipoteka Bank” 80 901 talik körsatkiç bilan uçinçi örinni egalladi.













