Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onlayn tranzaksiyalar miqdori 2 trln so‘mgacha o‘sdi
Yagona umumrespublika protsessing markazining statistik ma'lumotlariga binoan, 2018 yilning 4-choragida e-commerce tranzaksiyalar soni 72,1 mln.ni tashkil etib, 2018 yilning o‘tgan 3-choragidagi 69,8 mln.lik holatiga nisbatan 3,3% lik o‘sishni qayd etdi.
4-chorakda elektron kommersiya bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 2,017 trln. so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2018 yilning 3-chorakida qayd etilgan 1,611 trln. so‘mga nisbatan 25,2%ga o‘sishni ko‘rsatmoqda.
Muomalaga chiqarilgan plastik kartalarning umumiy soni bo‘yicha esa, 4-chorakda qayd etilgan 1 038 336 ta plastik karta soni, joriy yilning 3-chorakida qayd etilgan 817 179 ta plastik kartalar soniga nisbatan 27%lik o‘sishni namoyon etdi.
Mavzuga oid
12:32 / 03.07.2026
Hunarmandlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda
10:50 / 03.07.2026
O‘zbekistonda ayollar umr ko‘rish bo‘yicha erkaklardan oldinda
10:49 / 30.06.2026
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
09:05 / 29.06.2026