Ötgan yilning 12 iyulida bölib ötgan videoselektor yiğilişida prezidentimiz tomonidan Farğona viloyati Beşariq tumani tibbiyot birlaşmasida şifokorlar va tibbiyot xodimlarining öz kasbiga sovuqqonligi tufayli bemor Dilrabo Amanovaning vafot etgani qattiq tanqid qilingandi.

Xöş, aslida voqea qanday yuz bergandi? 

Tergov va sud jarayonida aniqlanişiça, D. Amanova 2017 yil 3 iyul kuni soat 18:40 atrofida Beşariq tumani tibbiyot birlaşmasining Şoşilinç tez tibbiy yordam bölimiga "Tuxumdon kistasining yorilişi" taşxisi bilan qabul qilingan. Bu paytda birlaşmaning reanimatolog vraçi Qahramon Haydarov va anesteziolog-reanimatolog Öktamjon Murodov navbatçi bölgan. 

Şundan söng Q. Haydarov va O‘. Murodov akuşer-ginekolog Ş. Tulametova hamda navbatçi xirurg I. Abdumalikov bilan birga bemorda örta pastki laparotomiya, öng tuxumdon ponasimon rezeksiyasi, sanatsiya va nayçalaş operatsiyasini ötkazgan. Bu operatsiya 1 soatu 30 daqiqa davom etgan. 

Operatsiya mobaynida bemor 1200 ml qon yöqotgan. Ammo şifokorlar Q. Haydarov va O‘. Murodov öz kasbiga nisbatan beparvolik bilan munosabatda bölib, bemor yöqotgan qon hajmini töliq baholaşmagan hamda örnini töldiriş çoralarini körmagan. Qolaversa, bemorning ahvolidagi özgarişlarni öz vaqtida kuzatib borişmagan. 

Oqibatda operatsiyadan keyingi birinçi sutkada ayolda miyaning çuqur karaxtligi va markaziy gemodinamikaning tuşişi yuzaga kelgan. Bu oğir holat hayotiy muhim organlar faoliyatining birin-ketin buzilişiga sabab bölgan. 

Dilrabo Amanova 2017 yil 4 iyul kuni soat 23:15 da vafot etgan. Marhuma patologoanatomik tekşiruvdan ötkazilmasdan, yaqinlarining tilxatiga asosan berib yuborilgan. 

Şifokorlar öz aybini yaşiriş hamda D. Amanovaning operatsiya paytidagi ahvolini göyoki risoladagidek holatda körsatiş maqsadida 2017 yil 3 iyulda bemor nomiga oçilgan rasmiy hujjat — kasallik tarixidagi bemorning dinamik körsatkiçlari va boşqa özlariga tegişli yozuvlarni qalbakilaştirişgan. Jumladan, öşa kuni soat 21:00da tekşiruvdan ötkazilgan paytda bemorning arterial qon bosimi 80/50 mm simob ustuni darajasida ekani qayd etilgan bölsa-da, bu körsatkiç 90/60 mm simob ustuni tarzida özgartirilgan. Bundan taşqari, reanimatolog Q. Haydarov tomonidan 2017 yil 4 iyul kuni bemorni oğriqsizlantiriş maqsadida "Promedol" dori vositasining buyurilgan vaqti soat 13:10 dan soat 10:10 ga özgartirilgan. 

Şifokorlar özlarini bemorda öpka arteriyalarining tromboemboliyasi bölişini xuddi oldindan bilgandek körsatiş uçun kasallik tarixiga "Soat 09-00 da bemorga tromboemboliyaning oldini oliş maqsadida kliksan 0,4 teri orasiga qöşildi, imzo, Haydarov Q. M." degan qaydni ham kiritgan. Yanada tuşunarli qilib aytganda, D. Amanovaning ölimiga göyoki öpka arteriyalari tramboemboliyasi sabab qilib körsatilgan. 

Rafiqasining ölimi Vohidjon Amanovni qattiq iztirobga soladi. Negaki, Vohidjon Dilrabo bilan turmuş qurgaç, 2 nafar farzand körgan, ikkalasi ham hayotda bir-birining eng yaqin tayançiga aylanib qolişgandi. Şu bois Vohidjon şifokorlarning xatti-harakatlaridan norozi bölib, ijtimoiy tarmoqlar orqali davlatimiz rahbariga murojaat qildi.

Sudga oid qöşimça komissiya ekspertizasining 2017 yil 23 avgustdagi va takroriy komissiya ekspertizasining 2017 yil 17 noyabrdagi xulosalarida operatsiyadan söng bemor sun'iy nafas apparatidan erta ajratilgani, undagi yöqotilgan qon hajmi töliq töldirilmagani, qolaversa, bemor biroz keçikişlar bilan operatsiya qilingani qayd etilgan. Bu, öz navbatida, bemorning ahvoli oğirlaşuviga olib kelgan.

Ekspertlar xulosasida olib borilgan davolaş tadbirlari davolaş-diagnostika standartlariga mos kelmasligi, aksinça yöl tutilganda, bemorning hayoti saqlab qolingan bölişi mumkinligi ta'kidlangan.

Şu asoslarga köra, Q. Haydarov va O‘. Murodovga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi, 228-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat işi qözğatildi. Jinoyat işlari böyiça Furqat tuman sudi aybdorlarni qonuniy jazoga mahkum etdi. 

Oloviddin HASANOV,
jinoyat işlari böyiça Furqat tuman sudining raisi.