Xorazm viloyati hokimligi Turizm sohasiga investitsiya kiritişga doir birinçi xalqaro forum doirasida 13 million dollarga yaqin investitsion kelişuvni imzoladi.

“Xalqaro forum doirasida hozirga qadar xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar bilan jami 12,5 million dollarlik investitsion şartnomalarni imzoladik. Rossiyaning “Turkezm” kompaniyasi, Qozoğistonning “Kazdevelopinvest” hamda “Grand develop” MÇJ, “Shiddat monolit” xususiy korxonasi, “Xorazm Zafar Invest” MÇJ, “Xorazm tur plyus” MÇJ va  “RentServiceGroup” XK bilan Xorazm viloyati turizm infratuzilmalari rivojiga sarmoya kiritiş borasida kelişuvlarga erişildi”, - deya ma'lum qildi Xorazm viloyati Turizmni rivojlantiriş departamenti direktori vazifasini bajaruvçi Azizbek Polvonov KUN.UZ muxbiriga.

Ta'kidlaş joizki, Xorazm viloyati xalqaro forum doirasida eng faol iştirok etayotgan hududlardan biri bölib, uşbu hokimlikdan jami 71 ta loyiha investorlarga taqdim etilgan. Ular orasida mehmonxonalar, akvanarium, yopiq va oçiq akvaparklar, qişki boğ, gipermarketlar, ekstremal sport kompleksi, golf majmuasi, mavzuiy park va boşqalar bor.

Taqdim etilayotgan eng diqqatga sazovor loyihalardan biri – Özbekistondagi eng baland manzarali maydonga ega “çarxpalak” bölib, u amalga oşirilgan taqdirda, 100 metr balandlikdan Xivaning butun gözalligidan zavq oliş mumkin böladi.