Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi işlar holatini muhokama qiliş va sohani yanada rivojlantiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim örin egallaydi. Uşbu soha nafaqat energiya manbai, balki köplab tarmoqlar uçun zarur bölgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral öğitlarni işlab çiqarişda asosiy xomaşyo bazasi hisoblanadi.
Keyingi ikki yilda sohada amalga oşirilgan işlar natijasida gaz qazib çiqariş hajmi 10 foizga ortdi, aholiga 15 foizga köp tabiiy gaz va 1,6 barobarga köp suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Şu davrda neftni qayta işlaş zavodlarida qöşimça 204 ming tonna neft mahsulotlari işlab çiqarilib, içki bozorda benzin, dizel yoqilğisiga bölgan talab qondirib kelinmoqda.
Şörtan va Ustyurt gaz-kimyo komplekslarida joriy yilning özida gazga nisbatan qöşilgan qiymati 4 barobar köp bölgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen işlab çiqariladi.
Neft-gaz sohasini yanada rivojlantiriş uçun 2030 yilgaça geologiya-qidiruv işlarini olib boriş, uglevodorodlarni qazib çiqariş va çuqur qayta işlaş böyiça umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oşiriş belgilangan.
Uglevodorodlar zaxirasini köpaytiriş böyiça aniq çoralar körilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga kamayadi.
Şu bois, yiğilişda «Özbekneftgaz» jamiyati rahbariyatiga geologiya-qidiruv işlari va qazib oliş hajmini oşiriş, konlarni modernizatsiya qiliş va yangilarini oçiş, neft-gaz xomaşyosini çuqur qayta işlaş, investitsiyalarni köpaytiriş böyiça topşiriqlar berildi. Jahon tajribasi asosida bu işlarga investorlarni kengroq jalb qiliş, davlat va investorlar manfaatini himoya qilişni ta'minlaydigan yangi mexanizmlar işlab çiqiş vazifasi qöyildi.
Şuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod xomaşyosini qazib oliş dasturining ikkinçi bosqiçini amalga oşiriş va uni moliyalaştiriş böyiça joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritiş topşirildi.
Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot tizimining asosiy qismi ta'mirtalab holatga kelgan. Kelajakda iste'molçilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan ta'minlaş maqsadida magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qiliş hamda gaz oqimini boşqariş (SCADA) tizimini joriy etiş böyiça 1,6 milliard dollarlik loyiha amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, gaz taqsimot tizimini modernizatsiya qiliş, gaz iste'molini hisobga oliş va nazorat qiliş tizimi tizimini joriy etiş loyihalariga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qiliş böyiça topşiriqlar berildi.
Bugungi kunda tabiiy gazning atigi 2 foizi çuqur qayta işlanib, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar olinayotgan bölsa, kelgusi 10 yilda bu körsatkiçni 7 barobar oşiriş imkoniyati bor. Şuning uçun «Özbekneftgaz» jamiyati neft va gaz kimyo yönalişiga ustuvor ahamiyat qaratişi zarurligi ta'kidlandi.
Jumladan, aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol), metanoldan olefin oliş texnologiyasi asosida yangi mahsulotlar – polistirol, polietilentereftalat va sintetik kauçuklar işlab çiqariş, polietilen va polipropilen işlab çiqarişni köpaytiriş imkoni mavjud. Uşbu loyihalarni amalga oşirişga 9 milliard dollar atrofida mablağlar jalb qilinişi lozim.
Şuning uçun Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, AQŞ, Birlaşgan Arab Amirliklaridagi yirik kompaniyalarning töğridan-töğri investitsiyalarini jalb etiş va loyihalarni amalga oşiriş strategiyasi işlab çiqiladi.
Yiğilişda «Özbekneftgaz» jamiyati boşqaruv tizimi murakkab va köp poğonali bölgani sababli sohada islohotlar amalga oşirilişi sust keçayotgani tanqid qilindi.
Boşqaruv tizimini takomillaştiriş maqsadida «Özbekneftgaz» jamiyatining taşkiliy tuzilmasini optimallaştiriş, tarmoqqa oid bölmagan taşkilotlarni tizimdan çiqariş böyiça körsatmalar berildi. Xususan, takrorlanuvçi funksiyalarni bajaruvçi boşqaruv böğinlarini qisqartiriş, tarmoqdagi servis korxonalarini hamda yordamçi işlab çiqarişlarni davlat-xususiy şeriklik asosida investorlarga beriş kerakligi ta'kidlandi.
Sohadagi törtta ilmiy-tadqiqot, izlaniş va loyihalaştiriş institutlari negizida milliy neft-gaz ilmiy-tadqiqot institutini taşkil etib, uglevodorodlarni çuqur qayta işlaş böyiça innovatsion yeçimlar topiş va tatbiq etişga alohida e'tibor qaratiş vazifasi qöyildi.












