Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan amerikalik milliarder Jorj Sorosni 2013 yilda Turkiyada ötgan norozilik namoyişlarini moliyalaştirişda aybladi. Erdöğan bu haqda Anqaradagi çiqişida aytib ötdi.

“Bu voqealarni bir kişi – taniqli vengriyalik yahudiy Soros moliyalaştirgan. Puli köp bölgan bu odam pullarini xalqlarning bölaklanişiga va davlatlarning barbod bölişiga sarflaydi”, deb aytgan Erdöğan.  

2013 yil Istanbuldagi Taqsim maydonida politsiya va Gazi boğida daraxtlarning kesilib, u yerda savdo majmuasi qurilişiga qarşi çiqqan namoyişçilarning töqnaşuvlari yuz bergan. Namoyişçilar öz pozitsiyalarini boğ inşootlar ziç joylaşgan hududdagi yagona yaşil “orolça”ligi bilan asoslaşgan.

Namoyişçilarga radikallar ham qöşilgan. Ular boğda çodirlar örnatib, uni egallab olişni rejalaştirişgan. Politsiya namoyişçilarga qarşi kuç işlatgan, suvotgiç, közni yoşlatuvçi gaz va rezina öqlardan foydalangan.

Jorj Soros Soros Fund Management xej-fondi asosçisi va rahbari hamda dunyoning eng boy odamlaridan biri hisoblanadi. Forbes’ga köra, Sorosning boyligi 25 mlrd dollarni taşkil qiladi.

Ba'zi siyosatçilar, jumladan Vengriya Sorosni özining siyosiy va ğoyaviy ambitsiyalarini amalga oşiriş uçun ijtimoiy harakatlar va nohukumat taşkilotlarini moliyalaştirişda ayblaşadi. 

Vengriya hukumatining fikriça, Sorosning “Oçiq jamiyat” fondi noqonuniy muhojirlarga Yevropa Ittifoqi davlatlariga köçib ötişida yordam beruvçi kompaniya faoliyatini moliyalaştiradi.