Inson huquqlari böyiça Samarqand Osiyo forumi mintaqa xavfsizligi, barqarorligi va rivojiga hissa qöşadi. BMT boş kotibi maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya BMT mintaqaviy markazi rahbari Natalya German forum doirasida şunday fikrni bildirdi, deb xabar qilmoqda KUN.UZ muxbiri.
«Biz Samarqandda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi arafasida töplanib turibmiz. Mazkur forum, BMT boş kotibi Antonio Guterriş qayd etganidek, öz vaqtida taşkil etildi.
Men esa, öz ma'ruzamda, bir yil avval, gözal Samarqand şahrining aynan uşbu majlislar zalida yana bir e'tiborga molik uçraşuv, prezident Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilgan xalqaro konferensiya bölib ötganini yodga oldim. U Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligining yangi bosqiçini boşlab bergan edi. Öşanda biz Samarqandning hamkorlik ruhi xususida söz yuritgan edik», - BMT boş kotibi maxsus vakili.
Uning fikriça, mintaqada oliy darajadagi taşriflarning köpayib borayotgani ham mintaqaning nafaqat turli jabhalar, balki inson huquqlari borasidagi körsatkiçlarini yaxşilaş imkonini beradi.
«Aytişim mumkinki, bugungi forum ham ayni öşa hamkorlik ruhi asosida bölib ötmoqda va unga mos kelmoqda. Ötgan vaqt mobaynida köp narsa özgardi, albatta. Biroq, BMT boş kotibligining mintaqaviy byurosi dunyoning uşbu hududida mintaqaviy hamkorlik haqiqatdan ham özining yangi bosqiçiga kirganini e'tirof etadi. Bu hamkorlik özaro hamkorlikning barça jabhalari, şu jumladan inson huquqlari va erkinliklari sohasida ham kuzatilmoqda.
Buni davlat rahbarlari, turli vazirlik va idoralar darajasida özaro taşriflarning köpayişida ham köriş mumkin. Bunday ijobiy muhit esa, öz navbatida, mintaqa mamlakatlarining inson huquqlari va erkinliklari sohasida ham sezilarli olğa siljişlari uçun ajoyib maydon bölib xizmat qilişiga umid uyğotadi.
BMTning 2030-yilgaça Barqaror rivojlaniş dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaşda aynan inson huquqlari va erkinlarini ham ta'minlaş muhim örin tutadi. Öylaymanki, uşbu forum mintaqa xavfsizligi, barqarorligi va rivojiga hissa qöşadi», - dedi Natalya German.
Şuhrat Şokirjonov, Tolib Rahmatov, Ruslan Ramazonov
KUN.UZ muxbirlari












