Ölim jazosiga hukm qilingan amerikalik 50 yoşli ayol Krista Payk Tennessi ştati qamoqxonasida öziga nisbatan çiqarilgan ölim hukmini ijro etişga urinişganidan - ammo ikkita inyeksiya taʼsir qilmaganidan söng ilk bor ommaviy bayonot berdi.

Paykka pentobarbital preparatining avval bitta, keyin esa takroriy dozasi yuborildi, biroq u ölmadi. Şifokorlarning bayonotiga qaraganda, uning ölişi uçun qon aylaniş tizimiga yetarli miqdorda dori tuşmagan.

Mahkum ayol tomonidan aytilgan bayonotni uning advokatlari tarqatdi.

Payk uni şunday boşladi: «Bir oy oldin, 30-sentabr kuni men qatl kamerasiga ölimga tayyor holda kirdim. Taqdirimga tan bergandim».

Şundan söng, Paykning taʼkidlaşiça, u qamoqxona şifoxonasida yolğiz özi, nima bölayotganini tuşunmagan holda huşiga kelgan.

«Öşa kundan beri men oğriq his qilmagan birorta ham daqiqa bölmadi, - deyiladi Paykning bayonotda. - Tanam oğriyapti. Qöllarim oğriyapti. Kaftlarim oğriyapti. Tomoğim oğriyapti. Hali ham gapirişga qiynalyapman. Va bu şunçaki jismoniy oğriq emas. Oğriq ongim va qalbimni teşib ötmoqda».

Muvaffaqiyatsiz qatldan söng 50 yoşli Payk oğir ahvolda şifoxonaga yetkazildi. Keyin esa u avvalgi 30 yil umrini ötkazgan qamoqxonaga qaytarilgan.

«Men asosan qamoqxonaning tibbiyot bölimida, boşqa odamlardan va men uçun juda qadrli bölgan insoniy munosabatlardan uzilgan holda, ihotalangan vaziyatda qolmoqdaman. Bu yolğizlik öziga xos oğriq beradi. Men 28 yilni bir kişilik kamerada ötkazdim va bugun boşdan keçirayotganlarimning köpi öşa muhitni qaytadan yodga solmoqda», - dedi mahkum ayol.

Krista Payk 1995-yilda sodir etilgan qotillik uçun ölim jazosiga hukm qilingan edi. U Tennessi ştatida sönggi 200-yil içida qatl etiladigan birinçi ayol bölişi kerak edi. Uning holati - inyeksiyadan keyin tirik qoliş bilan boğliq tarixda maʼlum bölgan yagona voqeadir.

Family handout
Krista Payk va Tadaril Şipp 1995-yilda 19 yoşli Kollin Slemmerni qiynoqqa solib, öldirişgan.

Köp ötmay, mutaxassislar ehtimoliy sabablardan biri sifatida inyeksiyalar vena tizimiga tuşmay, zahar teri osti töqimalarida qolib ketgan bölişi mumkinligini aytişdi.