Turizmni rivojlantiriş konsepsiyasining sifatli işlab çiqilişini ta'minlaş maqsadlarida turkiyalik ekspert Sodiq Badakning tavsiyalari asosida Özbekistonning sakkiz hududi – Andijon, Buxoro, Qaşqadaryo, Namangan, Samarqand, Farğona, Xorazm viloyatlari va Toşkent şahrida turizm sohasida faoliyat yurituvçi tadbirkorlik sub'yektlari vakillari orasida sörovnoma ötkazildi.

Sodiq Badak

Sörovnoma natijalari böyiça fikrlar, takliflar va tavsiyalarni umumlaştiriş hamda muhokama qiliş maqsadida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan sörovnoma iştirokçilarini jalb qilgan holda seminar bölib ötdi. Seminarga şuningdek Turkiya turizm sohasining davlat va xususiy sektor mutaxassislari – Turkiya madaniyat va turizm vazirligi boşqarmasi boşliği O.Ozet, «Turkish Airlines» aviakompaniyasi vitse-prezidenti F.Çigal, «Turkish Airlines»ning Özbekistondagi vakolatxonasi boş direktori S.Qahramon, Turkiya turagentlar asssotsiatsiyasi rahbariyati vakillari O.Uysal, Turkiya otelerlar assotsiatsiyasidan M.Topalöğli, Turkiyaning turizm sohasidagi investorlar assotsiatsiyasidan E.Akçakay taklif qilindi.

Seminar işi turizm sohasining alohida yönalişlariga oid panel sessiyalarda taşkil qilindi:

  • Joylaşuv vositalari va yangi turistik markazlar qurilişi;
  • Mamlakatning turistik salohiyatini tarğib qiliş;
  • Turizm sohasida hamkorlik va muvofiqlaştiruv;
  • Turizmning yangi turlarini rivojlantiriş;
  • Turoperatorlar va turagentlar faoliyati;
  • Turizm sohasi kadrlar salohiyatini mustahkamlaş va yoşlarni jalb qiliş;
  • Transport tizimi va turizm sohasi infratuzilmasi;
  • Turizm sohasiga investitsiyalar kiritiş va sarmoyalarni qöllab-quvvatlaş.

Har bir sessiyada Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining mas'ul xodimlari moderator sifatida iş olib borişdi, ekspert sifatida esa – turkiyalik mutaxassislar.

Sessiyalar yakunlariga köra, turizm sohasining muammoli masalalari böyiça muzokaralar taşkillaştirildi. Kötarilgan masalalar yuzasidan tegişli taklif va tavsiyalar işlab çiqildi hamda 2025 yilgaça bölgan davrda Özbekistonda turizm sohasini rivojlantiriş konsepsiyasiga kiritiş uçun umumlaştirildi.