Yevropa ittifoqi Markaziy Osiyodagi turli loyihalarni rivojlantiriş uçun 124 million yevro investitsiya kiritişni möljallamoqda. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot xizmati “YeI – Markaziy Osiyo” şaklidagi taşqi işlar vazirlari uçraşuvi yakunlariga köra ma'lum qildi. 

Xabarda aytilişiça, YeI dasturlari, jumladan, iş örinlari yaratiş va mintaqa davlatlarining barqaror rivojlanişiga qaratilgan.

Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot böyiça YeI komissari Neven Mimitsaning sözlariga köra, Qirğizistondagi umumiy ta'lim sohasini rivojlantirişga 36 mln yevro ajratiladi.

Umumiy qiymati 88 mln yevro bölgan yana olti dastur esa Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmanistonda xususiy sektor, savdoni rivojlantiriş va atrof-muhitni asraş sohalarini rivojlantirişga yönaltiriladi.