2018 yilning 24 noyabridan 3 dekabriga qadar Turkiyaning Konya şahrida 16 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasida şaxmat böyiça Butunjahon olimpiadasi bölib ötmoqda.

Özbekiston Şaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, uşbu musobaqada Özbekiston şarafini Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Şamsiddin Vohidov i Sitora Saparova himoya qilmoqda. Jamoa murabbiyi - Saidali Yöldoşev.

Özbekiston terma jamoasi birinçi raundda Vengriya termasini 4-0 hisobida mağlub etdi.
 
Nodirbek Abdusattorov (2560) birinçi doskada Ferents Komboçni (2290) taslim qilgan bölsa, Nodirbek Yoqubboyev (2549) ikkinçi doskada Endre Sçikiga (2282) heç qanday imkoniyat qoldirmadi. Javohir Sindorov (2513) uçinçi doskada Marsel Borxi (2201) ustidan zafar quçdi.

Sitora Saparova (1848) törtinçi doskada reyting böyiça özidan ança kuçli raqibi Agoston Yuxasni (2139) mağlubiyatga uçratdi.

Foto: Özbekiston Şaxmat federatsiyasi matbuot xizmati