2018 yilning 25 noyabr kuni Özbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Uluğbek Maqsudov Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga öz işonç yorliqlarini topşirdi.

Foto: TIV axborot xizmati

TIV xabariga köra, Ar-Riyod şahridagi al-Yamama podşohlik saroyida taşkil etilgan tantanali marosimdan söng podşoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan suhbat bölib ötgan.

Davlat rahbari Özbekiston Saudiya Arabistoni uçun mintaqadagi döstona, işonçli va istiqbolli şerik ekanligini ta'kidladi hamda uning mamlakati Saudiya – Özbekiston munosabatlarini tomonlarni qiziqtirgan barça yönalişlarda sifat jihatdan yangi darajaga olib çiqişga tayyorligini bildirdi.

Podşoh Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga özining çuqur ehtiromini yetkazib qöyişni söradi va mamlakat rahbarini öziga qulay bölgan vaqtda Saudiya Arabistoniga rasmiy taşrif bilan kelişga taklif etdi, deyiladi xabarda.