2018 yilning 26 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov amaliy taşrif bilan mamlakatda bölib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi (DIIHB) direktori Ingibyorg Solrun Gisladottir bilan uçraşdi.

TIV xabariga köra, suhbat çoğida turli yönalişlardagi Özbekiston va DIIHB hamkorligi holati va rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Ingibyorg Solrun Gisladottir Samarqand şahrida bölib ötgan Inson huquqlari böyiça Osiyo forumiga taklif qilingani uçun Özbekiston rahbariyatiga minnatdorçilik bildirdi va forum işida iştirokidan olgan taassurotlari töğrisida sözlab berdi.

Uning sözlariga qaraganda, mazkur forum Özbekistonning inson huquqlari böyiça hukumatlararo va nodavlat taşkilotlari bilan kengayayotgan hamkorligining yorqin dalili hamda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga jahon hamjamiyatining tobora ortib borayotgan qiziqişining tasdiği böldi.

DIIHB direktori 2017-2021 yillar uçun Harakatlar strategiyasi doirasida Özbekistonda amalga oşirilayotgan özgarişlarni yuqori baholadi. Uning qayd etişiça, «hujjat keng qamrovli bölib, mamlakat hayotning barça sohalarida tubdan özgarişlarni nazarda tutadi, şuningdek, YeXHTning maqsadlariga töliq mos keladi».

Uçraşuvda umumiy kun tartibidagi boşqa masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.

Muzokaralarda YeXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor iştirok etdi.