AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga 1 yanvardan bojlar qiymatining 10 foizdan 25 foizgaça oşirilişidan tiyiliş böyiça Xitoyning taklifini qondiriş dargumonligini aytdi. Bu haqda Tramp The Wall Street Journal naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.

Naşrning eslatişiça, Tramp Pekin bilan savdo muzokaralari natija keltirmasa, Xitoyning boj kiritilmagan tovarlari importiga boj kiritişga va'da bergandi. “Agar bitimni tuza olmasak, unda boj qöyilgan tovarlar röyxatiga yana 257 mlrd dollarlik tovarlarni qöşaman”, deb aytgandi Tramp va gap 10 foizlik hamda 25 foizlik boj stavkalari haqida ketayotganini qöşimça qilgan. 

“Vaşingtonni qanoatlantiradigan yagona bitim şundan iboratki, Xitoy öz davlatini AQŞ raqobatlaşişi uçun oçişi kerak”, deb davom ettirgan Tramp. 

AQŞ prezidenti intervyuda Xitoyda yiğiluvçi iPhone va noutbuklarga ham boj kiritilişi mumkinligini aytgan. 

Tramp bu intervyuni Argentinada 30 noyabr-1 dekabr kunlari ötadigan “Katta yigirmatalik” sammitiga 4 kun qolganda berdi. Trampning sammit doirasida Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uçraşişi kutilmoqda. AQŞ prezidenti ötgan hafta uşbu uçraşuvda Xitoy bilan savdo bitimi tuzilişi mumkinligini aytgandi.