AQŞ içki işlar vaziri Rayan Zinke Kaliforniya ştati tarixidagi eng vayronkor örmon yonğinlaridan körilgan zarar milliardlab dollarlarni taşkil qilişini ma'lum qildi. Zinke bu haqda yonğin oqibatida butkul yöq bölgan Paradays şahriga safari yakunlariga köra aytdi.
Zinkening aytişiça, ayni vaqtda federal hukumat yonğin tufayli uyini yöqotganlarga 20 mln dollardan köproq mablağ ajratdi. Yonğin boşlangan Byutt okrugi şerifi Kori Xonea ma'lumotlariga köra, ştat şimolidagi yonğinda 88 kişi halok bölgan.
Mutasaddi idoralar bedarak yöqolgan odamlarni qidirişni davom ettirmoqda va ular bilan nima yuz berganini aniqlaşga harakat qilmoqda. Ma'lum qilinişiça, 8 noyabrda boşlangan yonğinda 13 mingdan köproq uy yöq bölgan.
25 noyabrda yonğin töliq bartaraf etilgani ma'lum qilingan. Ma'lumotlarga köra, yonğin 620 kvadrat kilometr maydonni qamrab olgan.












