AQŞ prezidenti Donald Trampning The Trump Organization kompaniyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Moskvada qurilişi rejalaştirilgan «Tramp-Tauer» binosidan pentxaus (binoning eng yuqori qavatida joylaşgan koşonasifat xonadon) sovğa qilmoqçi bölgan. Bu haqda Buzzfeed News xabar bermoqda.

Qiymati 50 million dollarlik bu sovğadan maqsad rossiyalik boylarni bölajak binodan xonadon sotib olişga qiziqtiriş bölgan.

«Oligarxlar Putin yaşaydigan uyda yaşaş uçun qatorlaşib navbatga turgan bölişardi», degan Moskvada balandligi 100 qavatli «Tramp-Tauer» binosini quriş taşabbuskori bölgan biznesmen Feliks Sater.

Tramp bu ğoyadan xabardor bölganmi-yöqmi, noma'lum, lekin BuzzFeed’ning yozişiça, öşa paytda uning advokati bölgan Maykl Koen biznesmenni Moskva bilan muzokaralardan xabardor qilib turgan.

Naşrning AQŞ huquqni muhofaza qiliş organlaridagi manbalarga tayanib yozişiça, Koen Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning vakili bilan quriliş rejasini muhokama qilgan. 29 noyabr kuni Koen loyiha muhokamasi Tramp prezidentlikka nomzod bölganidan söng ham davom etganini tan olgan.  

AQŞ prezidenti uni yolğonçilikda aybladi. Trampning sözlariga köra, Koen qamaliş muddatini qisqartiriş uçun yolğon gapirmoqda. U soliq tölaşdan qoçiş va boşqa jinoyatlarda ayblanmoqda.