2018 yilning şu davrigaça Özbekistonda 30 mingga yaqin oilaviy ajrimlar kuzatilgan. Turmuşi buzilgan oilalarning katta qismi xorijda muhojirlikda yurgan kişilar bilan yuz bergan. Bu haqda Oliy sud raisi örinbosari Xolmömin Yodgorov Kun.uz'ga ma'lum qilgan.
«Ota ham, ona ham çet elga çiqib ketgan, farzand esa jinoyat qilib qamalib ketgan hollar köp kuzatildi. Jamiyatda oilaga munosabat özgarib bormoqda. Oddiy misol, Sirdaryodagi hibsxonada ikki ayol bor, biri farzandini sotmoqçi bölgan, ikkinçisi singlisini farzandini sotmoqçi bölayotgan vaqtda uşlangan. Bizgaça bunday holatlar oxirgi nuqtaga kelganda körib çiqiladi. Biz bu hollarni oldini olişga harakat qilişimiz kerak. Bunga qarşi kuraşni maktabdan boşlaşimiz kerak. Yoşlarni nikohga tayyorlaş lozim. Şu sababdan nikoh yoşini qizlarga nisbatan oşiriş masalasi töğri örtaga qöyilgan. Çunki, nikohga kirayotgan, katta yöl yoqasidagi odam voyaga yetgan bölişi lozim. Statistika böyiça, nikohga kirayotganlarning asosiy qismi 20 yoşdan oşgan yoşlar hisoblanadi», - deydi rais örinbosari.
Yodgorovga köra, jamiyatda meros masalasi asosan şariat qoidalari böyiça belgilangan va sudlar alimentlarni undiriş masalasiga alohida e'tibor qaratmoqda.
«Koreyaga xizmat safarimiz çoğida u yerdagi aliment qarzi mavjud fuqarolarimizdan oilasining foydasiga pul undirib berdik. Bizni yurtda uylanib keyin ketib qolgan Koreya fuqarolaridan ham alimentlarini undirganmiz.
Jinoiy ijro borasida liberalizatsiya qilinayotgan işlardan biri - aliment masalasida qamoqni qöllamay majburiy jamoat işlarini yölga qöyilgani böldi. Odamga jazo tariqasida qamoq qöllanilgani bilan uni oilasini qorni töyib qolmaydi. Şu sababdan majburiy jamoat işlariga, oilasidan ajratmagan holda, jalb qilyapmiz. Boşqa holatlarda ham insoniylik mezonlari asosida iş olib borilmoqda. Masalan, jazoni ötayotgan şaxslarni tuzaliş yöliga kirgan bölsa, muddatidan oldin jazoni tugatiş işlari ham ketmoqda», - deydi Oliy sud rais örinbosari.












