Oliy Majlis Senatining ikkinçi yalpi majlisida «Sud işlarini yuritiş tartibi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun ma'qullandi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Bu qonun «Sudlar töğrisida»gi, «Xöjalik yurituvçi sub'yektlar faoliyatining şartnomaviy-huquqiy bazasi töğrisida»gi qonunlari, Soliq kodeksi, şuningdek, Fuqarolik  va Iqtisodiy protsessual kodekslari va Ma'muriy sud ijroçiligi töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutadi.

Masala yuzasidan senator Enaxon Siddiqova sözga çiqdi.

«Özbekiston prezidentining 2019 yil 20 noyabrdagi qaroriga muvofiq, «Sudlar töğrisida»gi qonunga tumanlararo, tuman (şahar) sudlari raislarining vakolatidan sudyalar örtasida işlarni taqsimlaş bilan boğliq normalarni çiqarib, işlarni sudyalarga faqat avtomatik ravişda taqsimlanişini közda tutuvçi özgartirişlarni kiritiş belgilangan edi.

Amaldagi tartib sudlarda işlarni elektron tizimdan foydalangan holda inson omillarisiz avtomatik ravişda taqsimlaşni çeklab qöyayotgan edi. Şu bois qonun bilan sudlov hay'atlari va sudlar raislarining işlarni sudyalar örtasida taqsimlaş vakolatini bekor qiliş, buning örniga sudlarda işlarni tasodifiy taqsimlaş prinsipi asosida avtomatik taqsimlaş haqidagi qoidani kiritiş nazarda tutilmoqda», – dedi Enaxon Siddiqova.

Ta'kidlanişiça, «Sudlar töğrisida»gi qonunga kiritilayotgan özgartiriş sud işi yurituvini soddalaştirişga, sud muhokamasining natijasiga manfaatdor şaxslar ta'sir körsatişining oldini olişga, sudlar tomonidan asoslantirilgan va adolatli qarorlar çiqarilişiga xizmat qiladi.

Senatorlarning fikriça, «Xöjalik yurituvçi sub'yektlar faoliyatining şartnomaviy-huquqiy bazasi töğrisida»gi qonunga kiritilayotgan özgartirişlar natijasida xöjalik yurituvçi sub'yektlar örtasidagi nizolarni tezkor hal qilişga erişiladi.

2020 yil 1 fevraldan boşlab yuridik şaxslar tomonidan da'vo arizasi va uning ilovalarini javobgar hamda iqtisodiy sudga soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali elektron tarzda yuboriş imkoniyati yaratiladi.

Qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksining 150-moddasiga, da'vogar tomonidan da'vo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlarning köçirma nusxalarini javobgarga va uçinçi şaxslarga elektron tarzda yuboriş imkoniyatini nazarda tutuvçi qöşimça kiritilmoqda.

Enaxon Siddiqovaning sözlariga köra, bunda da'vogar-soliq tölovçi da'vo arizasi va ilova hujjatlarini sudga taqdim etişdan oldin soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali boşqa soliq tölovçi-javobgar va uçinçi şaxslarga yuboriş hamda hujjatlar yuborilgani haqidagi tasdiqlovçi ma'lumotni keyinçalik sudga taqdim etiş uçun axborot tizimi orqali yuklab oliş imkoniyatiga ega böladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

Avvalroq sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatişda endi prezident bilan kelişiş talab etilmasligi, bundan buyon sudyalar sudgaça majlis ötkazişga haqli ekani belgilangan edi.