BMT Inson huquqlari kengaşining sudlar va advokatlar mustaqilligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Diyego Garsiya-Sayanning Özbekiston sud tizimi haqidagi hisoboti e'lon qilindi.
Hisobot ma'ruzaçining 2019 yil 19-25 sentabr kunlari hukumat taklifi bilan Özbekistonda bölib, sud tizimi böyiça ötkazgan kuzatuv xulosalariga asoslangan.
Hisobotda mamlakatda prokuror lavozimiga nomzodlarni tayinlaş mexanizmi takomillaştirilişi zarurligi qayd etilgan.
«Prokuratura töğrisida»gi qonunga köra, boş prokuror prezident tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadi, nomzod Senat tomonidan ma'qullanadi. Na Konstitutsiya, na boşqa qonunlarda mazkur lavozim uçun körsatiladigan nomzod qanday malakaga ega bölişi kerakligi, uni saralaş va tayinlaş tartibi haqida söz yuritilmagan. Xususan, boş prokurorni lavozimidan çetlatiş asoslari ham qonunda belgilab qöyilmagan.
Ma'ruzaçining fikriga köra, joriy tartib boş prokurorni tayinlaş va lavozimidan çetlaştiriş jarayonlariga hokimiyatning qonun çiqariş va ijro böğinlari tomonidan ta'sir körsatilmasligini kafolatlamaydi. Ular prokuraturaning institutsional mustaqilligiga tösqinlik qilişi, jiddiy korrupsiya ehtimolini yuzaga keltirişi mumkin. Boş prokuror nomzodini saralab oliş va tayinlaşning aniq va obektiv mezonlarini işlab çiqiş, bunga fuqarolik jamiyatini ham jalb qiliş jarayonning şaffofligini oşiradi va prokuraturaning siyosiylaşişi riskini kamaytiradi.
Maxsus ma'ruzaçi prokuror lavozimiga nomzodlar tanlov asosida körib çiqilişini olqişlaydi, ammo afsus bilan qayd etadiki, nomzodlarni tanlab oliş mezonlari ham, uşbu jarayon ham nomzodlar nomaqbul motivlar asosida tanlab olinişi riskini minimum darajaga tuşirişga kafolat bera olmaydi.
Bundan taşqari, barça prokurorlarning boş prokuror tomonidan 5 yil muddatga tayinlanişi prokuratura organlari mustaqilligi böyiça xalqaro standartlarga mos keladi, deb bölmaydi.
Prokuratura organlarining mustaqilligini ta'minlaş uçun Prokurorlar kengaşi kabi tuzilmaning taşkil etilişi maqsadga muvofiq böladi», – deyiladi hisobotda.

Şuningdek, hujjatda prokurorlar sudlarning kuçga kirgan qarorlari böyiça protest bildirişi huquq prinsiplariga mos kelmasligi ta'kidlangan.
«Prokuratura töğrisida»gi qonunga köra, prokurorlar sud jarayonlarida iştirokidan qat'i nazar, sud qarorlarining va sud işi böyiça jamlangan materiallarning qonuniyligini tekşiriş, ma'muriy, fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy işlar böyiça yuqori turuvçi sud organiga protest kiritiş huquqiga ega. Şuningdek, bu huquq kuçga kirib bölgan qarorlarga nisbatan ham amal qiladi.
Maxsus ma'ruzaçining fikriça, sobiq ittifoq huquq tizimini eslatuvçi bunday vakolatlar hokimiyatning böliniş prinsipi va sudlar mustaqilligiga xilofdir va korrupsiya ehtimolini paydo qiladi.
Sudlarning xatolari apellyatsiya va kassatsiya tartibida yoki istisno hollarda faqatgina işga doir yangi holatlar yuzaga çiqqandagina qayta körib çiqilişi lozim», deya bayon qilingan hisobotda.
Eslatib ötamiz, ötgan oyda prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy sud raisi va Boş prokurorning protest keltiriş huquqini bekor qiliş böyiça taklif bilan çiqqan edi.











