KUN.UZ tahririyatiga Farğona viloyati, Farğona tumanida faoliyatini keng tarmoqda boşlab, muammolarga duç kelgan tadbirkor tomonidan yuborilgan murojaat kelib tuşdi. Işbilarmon yigit bilan uçraşiş maqsadida yölga otlandik.

Timurbek Abdumajidov Farğona tumanining Xonqiz qişloğidagi “Soyböyi” mahallasi guzarida bundan 8 oy muqaddam qurilişi tugallanmagan kasalxona binosida tadbirkorlikni boşladi.

U binoni ta'mirdan çiqargaç, qişloq ahli uçun eng zarur bölgan - non mahsulotlari işlab çiqariş, tikuvçilik sexi, qişloq xöjalik mahsulotlarini saqlaş uçun sovutgiçli kamera va turli maişiy xizmat şoxobçalarini yurgizişga bel boğlab, mahallada istiqomat qiluvçi 17 nafar fuqaroni doimiy iş bilan ta'minlagan.

Yuqorida keltirilgan işlarni röyobga çiqarişning maşaqqati esa barçaga ayon. Aftodahol binoni ta'mirdan çiqariş, uskuna va dastgohlar sotib oliş, hujjatlarni rasmiylaştiriş, kommunikatsiya tizimini yaratiş katta summadagi xarajatlar evaziga böladi.

Yoz oylarida işlar risoladagidek yurişdi. Tadbirkor ham, işçilar ham asta-sekin yuksalayotgan faoliyatdan köngillari töq edi. Bahor, yoz ötib, kuz kelgaç esa Timur eng katta muammoga duç keldi. Bu öşa, qişloq joylarda tadbirkorlikka kişan bölayotgan – ELeKTR TANQISLIGI MUAMMOSI EDI.

Mana, bir oydirki, işçilar kunning yarmini bekor ötkazişyapti. Elektrdagi haddan ziyod uzilişlar ortidan esa qator muammolar yuzaga kelgan.

Bular:

  1. Işçilar iş haqining kamayişi;
  2. Buyurtmalarning keçikişi va mijozlarning işonçsizligi ortişi;
  3. Daromad topiş örniga ziyonga işlaş.

Iş kuni davomida qişloqqa elektr bor-yöği 4 soat berilmoqda. Unda ham  jadval böyiça emas, palapartiş ravişda.

Bunday şaroitda tadbirkorlik qilib böladimi?

Non sexiga kiramiz. Qişloq ayollari zamonaviy peçlarda buxanka pişirişni hadisini olibdi. Peç suyultirilgan gazga moslaşgan bölsada, uning köp qismi elektr bilan işlar ekan.

“Şu yilning aprel oyida 1 litr suyultirilgan gaz narxi 1300-1400 söm edi, hozir 3000-3800 söm oraliğida bölyapti. Agar xamirni qorib, peçda pişiriş paytida tok öçsa, 1 million sömlik xomaşyo uvol. Elektr tarmoqlariga murojaat qilaverib, natija bölmaganidan boşni uşlab ötiribmiz”, — deydi tadbirkor.

Tikuv sexida çaqaloqlar kiyimi tikilyapti. Afsuski, 10 nafar qiz-juvon elektr öçganida tikuv maşinasiga termulib ötirişga majbur. Bejirim tikilgan kiyimlar jamlanmasining sifati  közni quvontiradi.

100 tonna meva-sabzavotni saqlaş uçun möljallangan sovutgiç ham elektr muammosi tufayli zör-bazör işlab turibdi.

Timur Abdumajidov Janubiy Koreyada işlaş çoğida körib kelgan şaroitlarni qişloq joyda qöllamoqçi bölgani tahsinga loyiq. U işçilar uçun, birinçi navbatda, xuddi şahardagidek, zamonaviy dam oliş, yuviniş xonalarini qurdirgan. Tadbirkorning  qişloqda yaxşi loyihasi amalga oşirmoqçi bölgani, bor mablağini sarflab biznesga tikkani nahotki özini oqlamasa?!

Endi yoş işbilarmon yigitning bugungi holatga nisbatan tahliliy fikrini eşiting:

“Axir, bu muammo faqat menda emas va bugun paydo bölmagan. Bu muammo bir neça yillardan buyon butun Özbekiston xalqini, eng avvalo, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçilarni qiynab kelmoqda. Qişloqlarimiz bir neça yillar avval tabiiy gaz tarmoğidan uzilgan.

Hozirda respublikada, asosan, köp qavatli uylar va ayrim hududlargina tabiiy gaz bilan ta'minlangan. Aholining katta qismi bu ne'matdan bebahra qolmoqda. “Öztransgaz”ning axborotlariga quloq soladigan bölsak, hammasi risoladagidek. “Xonadon tarmoqqa ulangan”, degani, tabiiy gaz bilan ta'minlangan degani emasku? “Öztransgaz” esa Xitoyga 4-magistral quvurni tortişni taşvişini qilyapti. Aholi tabiiy gaz bilan töliq ta'minlanmas ekan, isitiş va boşqa maqsadlar uçun tabiiy gaz örniga elektr energiyasidan foydalanişga töğri keladi. Körib turganimizdek, tabiiy gaz ta'minotidagi muammo, elektr energiyasiga bölgan talabning sun'iy oşişiga va içki elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatlarining talabni qondirolmay, elektr energiyasidagi uzilişlarni vujudga kelişiga sabab bölmoqda. Bu masalani mutasaddilar yaxşi tuşunib turganiga şubhamiz yöq. Meni qiziqtirayotgan narsa, qaçonlardir  aholi yana doimiy ravişda tabiiy gaz bilan ta'minlanarmikan yoki eksport ustuvorligiça qolarmikan?

Xalqni rozi qilişning eng oson yöli, uning eng oğriqli dardiga malham böliş. Sönggi 10 yillikda qişda jon saqlaş uçun qança boğlar, tutzorlar kesilib ketdi. Bu esa pillaçilikni oqsaşiga sabab bölmoqda. Körib turganimizdek, birgina tabiiy gaz muamosi bir-biriga boğliq bölgan bir neça muammolarni keltirib çiqarmoqda.

Bir neça yil iş yuzasidan Janubiy Koreya Respublikasida böldim. Barçaga ma'lumki Koreya Respublikasi yer osti qazilma boyliklari jihatidan öta qaşşoq. Deyarli foydali qazilmalariga ega bölmagan, xususan, tabiiy gaz qazib olinmaydigan davlat. Tabiiy gaz töliq çetdan import qilinadi. Yaqin yillarga qadar aholi iste'moli uçun suyultirilgan gazdan foydalanib kelingan bölsa, ular endi bosqiçma-bosqiç quvurlar orqali aholiga tabiiy gaz yetkazib berişni yölga qöymoqda. Buni körib, “Özbekiston tabiiy gaz zaxirasi va qazib oliş böyiça dunyoda yetakçilardan. Qaçondir xalq manfaati birinçi öringa qöyilib, çekka-çekka qişloqlarga xam zangori olov yetib borar?”, degan umid uyğonadi kişida.

Bizda aholiga tabiiy gaz yetkazib beriş talab darajasida bölmasada infratuzilma mavjud. Faqat xohiş bölsa bas. Lekin tabiiy gaz ta'minoti töğrisida gap oçilsa, mutasaddilar tomonidan aholining qarzdorligi masalasi örtaga köndalang qöyiladi. Axir bularning heç biri yeçib bölmas muammolar emasku? Sizlarga bu gaplarni aytişdan  maqsadim, aholiga tabiiy gaz yetkazib beriş böyiça hukumatimiz strategiyasi qanday? Batafsil örganib, maqola tayyorlasangizlar. Sizlardan çiroyli maqola va mutasaddilardan xalq könglini xotirjam qiluvçi javob kutib qolamiz”, — dedi u.

Tadbirkorning gaplarida jon bor. Bugungi kunda elektr tanqisligining eng katta sababi, aholi xonadonlari va xalq xöjaligi obektlarining isitiş mavsumida bor kuçni elektrga berayotganiga ham boğlaş mumkin.

Biroq  Farğona viloyati va Farğona tumani elektr tarmoqlari qişloq joyda mahalliy aholini iş bilan ta'minlab, işlab çiqarişni yurgizayotgan tadbirkorlarga şaroit yaratib berişga e'tibor qaratsalar bölar edi. Tadbirkorning işi yurişsa, aholining qozoni qaynab, yurt farovon böladi. Biz Farğona elektr tarmoqlari mazkur muammoli holatga qanday ijobiy yeçim topişini kuzatamiz.

Tabiiy gaz masalasi esa alohida mavzu...    

Elmurod Ermatov,
KUN.UZ muxbiri.
Tasvirçi: Ahrorbek Yoqubjonov