Qöqon şahrida bir oilaning 5 aʼzosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, hodisa 1-noyabr kuni Qöqon şahrining Çarxiy mavzesidagi xonadonlardan birida sodir bölgan. Bir oilaning 5 aʼzosi nomaʼlum etimologik moddadan zaharlanib, vafot etgani aniqlangan.
Vafot etganlarning 3 nafari (7, 3 va 1 yoşli) voyaga yetmagan qizaloqlar bölgan.
Örganişda uşbu xonadonga Germaniyaning Vaillant rusumli ikki konturli isitiş qozonini örnatilgani, uning dudburoni örnatilgan joyidan çiqib ketgani aniqlangan.
Farğona viloyati FVB aholiga murojaat bilan çiqib, kim öz xonadoniga Vaillant qozonini örnatgan bölsa, hoziroq undan voz keçişga çaqirdi.
Boşqarmaga köra, Germaniyaning Vaillant rusumli ikki konturli isitiş qozonlari xizmat vazifasini ötab bölgan.
“Nemislar avval uni işlatib bölişib, utilizatsiyaga topşirgan, foydalanişga yaroqsiz eski moslama hisoblanadi. Biroq, u ayrim uddaburon “tadbirkorlar” tomonidan Özbekistonga ehtiyot qismlari sifatida noqonuniy yöllar bilan olib kirilgan. Uşbu foydalanişga yaroqsiz vositalar qölbola uslubda qayta jihozlanib, göyoki xarid uçun yangi holatga keltirilgan va fuqarolarga aldov yöli bilan sotilgan”, deyiladi xabarda.
Qöşimça qilinişiça, Vaillant qozonlari uning ajralmas qismi bölgan haqiqiy dudburonsiz olib kirilgan. Ularning örniga işlaş jarayoniga mutlaqo mos kelmaydigan, yuqori harorat taʼsirida qattiqlik xususiyatini yöqotadigan polietilen quvurlar örnatilgan.
Xabarda 25-oktabr kuni Farğona tumanining Çimyon qişloğida bir oilada 7 aʼzosi, 1-noyabr kuni esa Qöqon şahrida 5 kişi is gazidan zaharlanib vafot etgani aytilgan.
FVB aholidan xonadoniga Vaillant qozonlarini aslo örnatmaslikni, boşqa turdagi isitiş vositalarini ham mutaxassis iştirokida sifat sertifikati, işlatiş yöriqnomasi hamda foydalanişga yaroqliligini jiddiy tekşirib olgan holda örnatişni söragan.
Avvalroq Toşkent şahrida 6 kişi is gazidan vafot etgandi.












