Sentyabr oyida yangi öquv yili kirib kelişi bilan ota-onalardan öziga xos «pul undiriş» mavsumi boşlanadi.
Farzandi maktab, litsey, kollej, institut, universitetda ta'lim olgan, olayotgan ota-onalar uçun ta'mirlaş, tozalaş, bezaş, soğlomlaştiriş, temir-tersak va qoğoz yiğiş orqali oğir va yengil sanoatni rivojlantiriş va şunga öxşaş tadbirlarni ixtiyoriy-majburiy ravişda «moliyalaştiriş» holatlari juda yaxşi taniş.
Boş qomusimiz konstitutsiyada ta'lim bepul ekani haqidagi tamoyil muhrlangan bölsa-da, nomi tilga olingan tadbirlarga ham pul berib kelganmiz. Bu pullarning közlangan joyga yetib borişi, töğri sarflanişi, pul yiğiş jarayonining şaffofligi, korrupsiyadan qançalik xoli ekani alohida mavzu. Ammo majburiy ravişda pul yiğiş qonunga töğri keladimi, asoslimi, şu haqda mulohaza yuritib kördikmi?
Sönggi yillarda maktabgaça ta'lim muassasalari, maktablarda turli sabablar bilan, xususan ta'mirlaşga pul yiğiş, öquvçilarni temir-tersak, makulatura yiğişga jalb qilişni taqiqlaşga oid çora-tadbirlar körildi. Ular haqida mana bu joylarda öqib olişingiz mumkin.
Boğçalarda bolalar ota-onalaridan turli sabablar bilan pul yiğiş qat'iyan taqiqlanadiMaktablarda «remont»ga pul yiğiş qonuniymi? Vazirlik munosabat bildirdiBitiruvçi öquvçilardan imtihonlar va öqituvçilarga sovğalar uçun pul yiğiş taqiqlanmoqdaAmmo, ba'zi tadbirlarga pul bermagan öquvçilarga bosim va tazyiq ötkaziş, ba'zan kuç işlatiş holatlariga hanuzgaça barham berilmagan. Bu haqda mana bu joyda öqiş mumkin. Şunday tadbirlardan biri - sport jamiyatlari uçun pul undirişdir.
Xöş, bu özi qanaqa jamiyat va nima uçun unga pul berişimiz kerak? Uşbu maqolada bu savolga javob berişga harakat qilamiz.
Haqiqatdan ham yurtimizda maktab öquvçilari, litsey, kollej, oliy ta'lim dargohlarining talabalari sport bilan şuğullanişini ta'minlovçi ikkita jamiyat bor.
Birinçisi - «Yoşlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati. U maktab öquvçilari örtasida jismoniy tarbiya va sportni keng tarğib qiliş, bolalarning muntazam ravişda jismoniy tarbiya bilan şuğullanişlari uçun şart-şaroitlar yaratiş, «Quvnoq startlar» va «Yozgi ta'til» sport musobaqalarini, «Umid nihollari» sport musobaqalarini ötkaziş orqali öquvçilarda soğlom turmuş tarzini şakllantiriş va tarğib qiliş uçun taşkil qilingan.
Jamiyatning pul mablağlari a'zolik badallari, byudjyet mablağlari; yuridik va jismoniy şaxslarning xayriya ehsonlari, xorijiy va xalqaro taşkilotlar, xorijiy davlatlarning grantlari asosida şakllantiriladi. A'zolik badali öquvçilar uçun 3 686 söm, öqituvçilar uçun 7 372 söm qilib belgilangan.
Ikkinçisi - Özbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi. Bu taşkilot Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tasarrufidagi ta'lim muassasalari talabalari, öquvçilari, professor-öqituvçilari, ilmiy xodim-izlanuvçilari va işçi-xizmatçilarini ommaviy jismoniy va sport-soğlomlaştiriş tadbirlariga jalb qiliş, «Yozgi ta'til», «Universiada» va «Barkamol avlod» sport musobaqalarini ötkaziş uçun taşkil qilingan.
Assotsiatsiyaning pul mablağlari a'zolik badallari, byudjyet mablağlari, yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik mablağlari, xorijiy davlatlarning grantlari asosida şakllantiriladi. A'zolik badali (yillik) miqdori talabalar uçun eng kam iş haqining 7 foizi (bugungi kunda 14 191 söm), pedagoglar, işçi-xodimlar va xizmatçilar uçun 10 foizi (20 273 söm) miqdorida belgilangan.
Uşbu jamiyat va assotsiatsiyaning nizomini örganib çiqqanimizda, ularga a'zo böliş öquvçi, talaba, pedagoglar uçun majburiy emasligini, balki xayrixohlik asosida, ixtiyoriy ekanini aniqladik.
Özbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyuşmalariga, siyosiy partiyalarga va boşqa jamoat birlaşmalariga uyuşiş, ommaviy harakatlarda iştirok etiş huquqiga ega, ammo majbur emas. Huquq va majburiyat bir-biridan farq qiladigan tuşunça.
Demak, heç kim fuqarolarni kasaba uyuşmalariga, siyosiy partiyalarga va boşqa jamoat birlaşmalariga, ular qançalik ezgu maqsadlarda taşkil qilingan bölmasin, a'zo bölişga majburlaşga haqqi yöq. Xususan, sport jamiyatlariga ham.
Albatta, sport jamiyatlariga a'zo böliş va ular tomonidan taşkil qilinadigan sport musobaqalarida qatnaşişning yoşlar va pedagog xodimlarning salomatligiga foyda ekaniga şubha qilmaymiz. Ammo unga a'zo bölmagan şaxslarning erkinligi va qadr-qimmatini heç kim kamsitişi mumkin emas.
Bu pedagog xodimlarga nisbatan turli xil tazyiq, talabalarga nisbatan bosim körinişida, öquvçilarni sinf oldida uyaltiriş, kamsitiş, izza qiliş holatlari körinişida böladimi, farqi yöq. Bu vositalar aynan majburlaş deb qaralişi, bu işlarni qilgan odamlar, mansabdor şaxslarning xatti-harakatlari ğayriqonuniy deb baholanişi şart.
Maktab öquvçilari, litsey, kollej, oliy ta'lim dargohi talabalarini, pedagog xodimlarini yoppasiga sport jamiyatlariga a'zo qilişga majburlaş heç bir qonunda talab qilinmagan. Xususan, ulardan bu jamiyatlarning faoliyati uçun majburiy ravişda pul yiğiş ham.
Özi atigi 14 ming söm bölsa, 20 ming söm bölsa, bu pulni kafega kirib bir marta ovqatlansangiz sarflab yuborasiz deb hisoblasangiz, bemalol a'zolik badalini tölab, sport jamiyatlari faoliyatida iştirok etişingiz mumkin. Ammo sizning fikringizga qöşilmaydiganlar ham bor, ular ham xuddi sizga öxşab, öz peşona teri bilan topgan mablağlarini qayerga sarflaşi böyiça erk va huquqqa ega.
Öquvçi yoşlar örtasida jismoniy tarbiya va sportni keng tarğib qilişga heç kim qarşi emas. Agar pul bermasak ham, daromadimizning ma'lum bir qismi bu jamiyatlarga ötmoqda. Bu jamiyatlarning mablağlari qisman davlat byudjyeti orqali moliyalaştiriladi. Davlat byudjyeti esa fuqarolarning daromadidan olinadigan soliqlar hisobiga şakllanadi. Soliqlar esa tölanişi şart va majburiydir.
Demak, biz istaymizmi, istamaymizmi bu sport jamiyatlarining faoliyatini moliyalaştirişda qonuniy dastaklar bilan iştirok etmoqdamiz.
Yana bir muhim jihati – sport jamiyatlarini voyaga yetmagan yoşlar orasida tarğib qilinişiga yöl qöyiladi, ammo a'zolik badalini yiğişni faqat ota-onalar orasida, umumiy majlislarda muhokama qiliş lozim deb hisoblayman. Pul daromad olayotgan şaxsdan, egasidan söralsin, uning farzandidan emas.
Sport bilan şuğullaning, soğlom turmuş tarzini keçiring, sizga şu kerak bölsa, jamiyatlarga a'zo böling, a'zolik badallarini tölang, sport musobaqalarida iştirok eting, keng imkoniyatlardan foydalanib qoling. Ammo bularning hammasi xayrixohlik asosida, ixtiyoriy ekanini esdan çiqarmang. Majburan a'zo böldiriş va majburan pul undirib oliş – ğayriqonuniydir.
Nurmuhammad Said











