Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolik sudlari 83 mlrd so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlarni undirish haqida buyruq chiqardi
2018 yilning birinchi choragida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 56 653ta ish ko‘rib chiqildi va 83 mlrd so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlarni undirish haqida 111 376ta sud buyrug‘i chiqarildi. Bu haqda KUN.UZ’ga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov xabar berdi.
Ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha 49 150ta hal qiluv qarorlari chiqarildi. Ushbu qarorlar bo‘yicha talablarning 83 foizdan ortig‘i qanoatlantirildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rilgan ishlarning asosiy qismini bitim va shartnomalaridan kelib chiqadigan, mehnat huquqlarini tiklash bilan bog‘liq nizolar va alohida tartibda yuritilgan ishlar tashkil etdi.
19 908ta fuqarolik ishi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan aholi bilan 1 237 uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
09:42 / 13.02.2026
Sud apparatida komplayens nazorat tizimi joriy etilishi mumkin
13:28 / 23.01.2026
Sud “Moskva” kreyseriga qilingan hujumda 20 kishi halok bo‘lganini tan oldi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
19:50 / 12.01.2026