Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutiga rektor vazifasini bajaruvçi tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi kanalida xabar berilgan.
Hukumat qaroriga köra, bu lavozimni Bahodirjon Oçilboyeviç Onorboyev egallagan. U 2016 yildan buyon institutga rahbarlik qilib kelgan Salohiddin Zunnunoviç Yunusov örnida iş boşlaydi.
Bahodirjon Onorboyev 1971 yilda tuğilgan. Texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim hisoblanadi. Toşkent Axborot texnologiyalari universiteti (TATU) ilmiy kengaşi a'zosi.
U şu kungaça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta'lim va fan böyiça axborot-tahlil departamentida faoliyat körsatib kelayotgandi.
Ma'lumot uçun, 1932 yili taşkil etilgan institut paxta, töqimaçilik, yengil sanoat va matbaaçilik sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlardan kelib çiqadigan strategik vazifalarni röyobga çiqara oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.












