E’zozxon Gapirjonovna Karimova Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri örinbosari — Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini ta’minlaş masalalari böyiça maslahatçisi vazifasida işlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli ta’lim maskanlarida mehnat qilib kelgan E’zozxon Karimova 2021 yilda Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi bölimi boşliği, 2021-2023 yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatçisi lavozimlarida işlagan.

2023-2024 yillarda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi «Yangi Özbekiston» universitetining yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektori vazifasida iş olib borgan.

Öz navbatida, Pedagogika universitetiga 2021 yil noyabridan buyon rahbarlik qilib kelgan Abduğaffor Karimjonoviç Qirğizboyev Namangan davlat universiteti rektori lavozimiga ötkazilgan.

Abduğaffor Qirğizboyev

Abduğaffor Qirğizboyev 1962 yilda Namangan viloyatida tuğilgan. 1985 yil Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institutini tamomlagan, mutaxassisligi - tarix va jamiyat öqituvçisi. Tarix fanlari doktori, dotsent. U muqaddam Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi sifatida işlagan. 2019 yil noyabridan 2021 yil noyabrda rektor bölguniça Vazirlar Mahkamasining Davlat tilni rivojlantiriş departamenti mudiri lavozimida işlagan.

Namangan davlat universitetiga esa 2020 yil fevralidan buyon Sobitxon Turğunov rektorlik qilib kelayotgandi.

Sobitxon Turğunov