Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi yagona nizomga özgartiriş kiritişni nazarda tutuvçi qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Loyihaga muvofiq, nodavlat oliy ta’lim taşkilotlari rektorlariga davlat OTM rektorlariga qöyiladigan malaka talablariga öxşaş mezonlarni joriy etiş taklif qilinmoqda.

Xususan, rektor oliy ta’lim taşkilotida boşqaruv lavozimida işlaş uçun zarur kasbiy va taşkilotçilik qobiliyatiga, ta’lim sohasida rahbarlik tajribasi hamda tegişli bilim va könikmalarga ega bölişi kerak.

Şuningdek, nomzoddan intellekt, madaniyat, yetakçilik, ijodkorlik, xuşmuomalalik, taşkilotçilik, taşabbuskorlik va tadbirkorlik kabi şaxsiy fazilatlarga ega böliş talab etilişi nazarda tutilgan.

Yana bir muhim talab ilmiy daraja va unvon bilan boğliq. Loyihaga köra, xususiy OTM rektori universitetda bakalavr yoki magistrlar tayyorlanadigan yönalişlardan biri böyiça fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga, şuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bölişi lozim.

Bundan taşqari, nomzod kafedra mudiri, fakultet dekani yoki uning örinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida yoxud oliy ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarida kamida beş yil samarali işlagan bölişi talab etilişi mumkin.

Hujjat loyihasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegişli normativ-huquqiy hujjatlarni yangi talablarga muvofiqlaştiriş uçun ikki oy muddat beriş ham nazarda tutilgan.

Hozirça mazkur talablar qaror loyihasida nazarda tutilgan bölib, hujjat jamoatçilik muhokamasidan ötmoqda.