Ukraina Rossiyaga 42 nafar ukrainalikni Ukrainada uşlab turilgan 89 kişiga almaşişni taklif qildi. Bunday taşabbusni Minskdagi uç tomonlama kontakt guruhida Kiyev vakili Yevgeniy Marçuk bildirgan.

Marçukning aytişiça, Ukraina mahbuslarni almaşiş taklifini bir neça kun avval yozma ravişda kiritgan. “Biz deyarli 90 kişi yangi yilni oilalari bilan ötkazişlari mumkin, deb hisoblaymiz”, deb aytgan siyosatçi.

Kiyev Ukraina turmalarida uşlab turilgan 23 rossiyalikni Rossiyada uşlab turilgan 23 ukrainalikka almaşişga tayyor. “Ya'ni 23 nafarga 23 nafar”, deb ta'kidlab ötgan Marçuk. Bundan taşqari, Ukraina rahbariyati 66 ayirmaçini Donetsk va Luganskda uşlab turilgan 19 ukrainalikka almaşişni taklif qilmoqda. 

Marçukning ta'kidlaşiça, Ukraina mahbuslarni almaşiş jarayonini 27 dekabrda boşlaşga tayyor, biroq Rossiya bunday takliflarni qabul qilmayapti. Ukraina vakilining aytişiça, “Rossiya  öz fuqarolaridan voz keçmoqda”.  

Ta'kidlanişiça, gap Kerç böğozida uşlangan ukrainaliklarni almaşiş haqida bormayapti, ular “heç qanday şartlarsiz” zudlik bilan ozod qilinişi kerak. Kiyev Moskvaga 23 siyosiy mahbus: Oleg Sentsov, Nikolay Karpyuk, Stanislav Klix, qrim tatarlarni va boşqalarni ozod qilişni taklif qilmoqda.