Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotiga (YeXHT) a'zo davlatlar jurnalistlar xavfsizligi va söz erkinligiga taalluqli hujjatni qabul qilişga kelişib olişdi. Bu haqda Italiya taşqi işlar vaziri, joriy yilda taşkilotda raislik qilayotgan Entso Moavero Milanezi ma'lum qildi.
“YeXHT 26 yildan keyin ilk bor jurnalistlar xavfsizligi, matbuot, plyuralizm (turfa fikrlik) erkinligi, jurnalistlar oğir şaroitda bölganda, ularga ta'qib xavf solayotganda ularning xavfsizligiga taalluqli hujjatni qabul qiliş böyiça bir qarorga keldi”, deb aytgan Milanezi YeXHT taşqi işlar vazirlari kengaşi yakunlariga köra ötgan matbuot anjumanda.
Uning aytişiça, hujjatni endi yakuniga yetkaziş va tarqatiş kerak böladi.
“Biz 26 yil davomida bu kelişuvga kelolmaganmiz. Bunday yakdil qaror demokratiya va plyuralizmning bu bandini fuqarolik jamiyatiga tatbiq qilişni ta'minlaydi”, deb ta'kidlab ötgan Italiya vakili.












