AQŞning Long-Aylendida yaşovçi Mayk Kerroll öz uyining yertölasida 57 yil avval bedarak yöqolgan otasi Jorj Kerollning suyaklarini topdi. Bu haqda New York Post naşri xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, DNK-test suyaklarning Jorj Kerollga tegişli ekanini tasdiqlagan. U 1961 yilda öğli 8 oylik çaqaloq bölganda izsiz yöqolgan. Mayk voyaga yetgaç, otasini topişga qaror qilib, ekstrasensga murojaat qilgan. Ekstrasens esa unga otasining jasadini onasining uyida izlaşni maslahat qilgan.
“Ekstrasens menga otam tömtoq buyum bilan zarba beriş oqibatida halok bölgani, uning boşiga quvur bilan urib, tiriklayin kömib yuborişgani aytgan”, deb ma'lum qildi Mayk.
Politsiya Maykning otasi haqiqatan ham boşning tömtoq jarohatidan ölganini tasdiqlagan. Ayni vaqtda Jorj Kerollning ölimi qotillik sifatida tergov qilinmoqda. Biroq Mayk heç qanday “adolat”ni istamayotganini aytgan.
“Adolat biz suyaklarni qazib olganimizda yuz berib böldi. Biz otamizni topdik, biz ğalaba qildik”, deb izoh bergan Mayk.












