Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko suverenitet uning mamlakati uçun muqaddas ekanligini va heç qaçon Rossiya tarkibiga kirmasligini ma'lum qildi. U bu haqda Rossiya OAV xodimlari bilan uçraşuvda aytdi.

"Eslab qoling, biz uçun suverenitet muqaddas narsa, bu haqda oldin ham aytganman. Bu nisbiy mustaqillik, men mutlaq mustaqil davlatlar bölmaydi deb hisoblayman. Va sizlar ham öta mustaqil bölmasangiz ham, suverensizlar. Agarda bizni Jirinovskiy taklif qilganidek, oblastlarga bölib taşlaş va Rossiyaga qöşib olişni istaşsa – bu holat heç qaçon bölmaydi"- dedi Lukaşenko.

Uning sözlariga köra, agarda Rossiya rahbariyati ana şunday öyda bölsa - "bu Rossiyaning zarariga böladi". 

"Prezidentning asosiy işi mamlakat suverenitetini ta'minlaşdir, men doim bu haqda öylaşim va biror tahdid bölmasligi uçun atrofga qarab turişim lozim. Hozirda janubdan katta tahdidni his qilmoqdaman, u yerdan qurol va yaramaslar kelmoqda, mana şu men uçun muammo. Şuning uçun janubda tezlik bilan çegara örnatmoqdaman, Rossiya bilan çegarani tiklamayman", dedi Lukaşenko.