Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Qaşqadaryo viloyatidan qaytişi bilanoq Toşkent xalqaro aeroportida mamlakatimizda taşrif bilan bölib turgan Xalqaro mehnat taşkiloti boş direktori Gay Rayder bilan uçraşuv ötkazdi.
Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, özining 100 yillik faoliyati davomida jahonda ijtimoiy adolatni ilgari suriş va mehnatkaşlar huquqini ta'minlaşga xizmat qilgan Xalqaro mehnat taşkiloti bilan samarali hamkorlikni Özbekiston yuksak qadrlaşini alohida ta'kidladi.
Mamlakatimiz 1992 yildan buyon Xalqaro mehnat taşkilotining töla huquqli a'zosidir. Bugungi kunga qadar taşkilotning 14 konvensiyasi, jumladan, 8 asosiy konvensiyasi ratifikatsiya qilingan. 2017 yildan boşlab 2020 yilgaça bölgan davrga möljallangan “Munosib mehnat böyiça mamlakat dasturi” amalga oşirilmoqda.
Uşbu dastur doirasida mamlakatimiz mehnat qonunçiligini takomillaştiriş, fuqarolarning mehnat huquqlaridan xabardorligini, huquqiy madaniyatini oşiriş böyiça tadbirlar olib borilmoqda, mehnat qonunçiligini buziş holatlari yuzasidan tezkor çora körişga qaratilgan muloqot mexanizmi yölga qöyilmoqda.
Joriy yilda Özbekistonda Xalqaro mehnat taşkilotining milliy koordinatori ofisi oçildi.
Uçraşuvda XMT bilan barça masalalar, jumladan, yangi yönalişlar yuzasidan konstruktiv muloqotni davom ettiriş va şeriklik munosabatlarini kengaytirişga ikki tomon ham tayyor ekani ta'kidlandi.
Gay Rayder davlatimiz rahbariga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, Özbekistonda yangi bosqiçda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni yuksak baholadi.

BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlariga hamohang amalga oşirilayotgan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi alohida qayd etildi.
Mehmon mamlakatimiz mehnat qonunçiligi normalari xalqaro standartlar bilan uyğunlaştirilayotgani, Özbekiston ratifikatsiya qilgan XMT konvensiyalarini 2018-2020 yillarda amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi” qabul qilinganiga yuksak baho berdi.
Toşkentda “Barqaror taraqqiyot maqsadlari doirasida munosib bandlikni ta'minlaş: xalqaro amaliyot va Özbekiston tajribasi” xalqaro konferensiyasi muvaffaqiyatli ötkazilgani samarali hamkorlikdan dalolat beradi.
Uçraşuvda şeriklikni yanada kengaytiriş muloqotni faollaştiriş uçun mustahkam zamin yaratişiga, Özbekistonda Bandlik milliy strategiyasini işlab çiqişda XMT tajribasidan samarali foydalanişga xizmat qilişiga işonç bildirildi.
Taşkilot bilan uzoq muddatli hamkorlik böyiça “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş va qabul qiliş, mamlakatimiz tomonidan XMT konvensiyalarini ratifikatsiyadan ötkaziş işlarini davom ettiriş, mehnat munosabatlari sohasida mutaxassislarini tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, kasaba uyuşmalari va Iş beruvçilar konfederatsiyasi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida kelişuvlarga erişildi.












