Xalqaro mehnat taşkilotining (XMT) 2025 yilgi sönggi tadqiqotiga köra, Özbekiston aholi bandligi darajasi böyiça dunyoning 187 mamlakati orasida 114-örinni egalladi. Mamlakatda bandlik darajasi 55 foizni taşkil etdi, ya’ni mehnatga layoqatli fuqarolarning yarmidan sal köproği iqtisodiy faoliyatga jalb etilgan.

Bandlik darajasi mehnat bozori holatining asosiy körsatkiçlaridan biri hisoblanadi. U 15 yoşdan oşgan aholi orasida işlayotgan fuqarolarning uluşini aks ettiradi va XMT tomonidan milliy statistika xizmatlari ma’lumotlari asosida hisoblanadi.

XMT ekspertlarining ta’kidlaşiça, Özbekistondagi körsatkiçlar nafaqat işsizlik, balki iqtisodiyotda iştirok etmaydigan odamlar, jumladan, talabalar, uy bekalari va norasmiy sektorda band bölganlarning yuqori uluşi bilan ham boğliq bölişi mumkin.

MDH davlatlari makonida yetakçi Qozoğiston bölib, bandlik darajasi 67 foiz bilan dunyoda 29-örinni egalladi. Belarus 61 foiz bilan 67-örinda, Rossiya esa 60 foiz bilan 73-örinda. Qirğiziston va Tojikiston mos ravişda 111- va 175-örinlarni egallab turibdi.