Tanzila Norboyeva Jenevada Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro mehnat konferensiyasining 110-sessiyasida ishtirok etish uchun Shveytsariyaning Jyeneva shahriga tashrif buyurdi.

Xizmat safari doirasida Senat raisi Tanzila Norboyeva Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashdi.
Cuhbatda O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi aloqalar hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Muzokaralar natijasida O‘zbekiston va XMT o‘rtasida hamkorlik qamrovini kengaytirishga, respublikada munosib mehnat sharoitlarini yaratish masalasida birgalikda ishlashga kelishib olindi.
Shuningdek, Tanzila Norboyevaning Jenevaga tashrifi doirasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bosh direktori D.Tang bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda intellektual mulkni himoya qilish hamda O‘zbekiston BIMT Global innovatsion indeksidagi o‘rnini yaxshilashga qaratilgan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
D.Tang O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini, prezident tomonidan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasini puxta o‘rganib chiqqanini va mazkur strategiya davlat e’tibori isboti ekanini ta’kidladi.
Uchrashuvda BIMT O‘zbekistonga milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, intellektual mulk himoyasini kuchaytirish, fan yutuqlarini har bir sohaga joriy etish borasida har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligi bildirildi.
Tomonlar milliy brendlarni yaratish talabi va geografik nomlarni himoya qilish zarurligiga e’tibor qaratdi.
Muloqot natijasida BIMT tomonidan O‘zbekistonning intellektual mulk sohasidagi qator tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi
O‘zbekiston | 12:27
-
YeI bolalar o‘yinchoqlarida qator kimyoviy moddalardan foydalanishni taqiqlayapti
Jahon | 11:56
-
Talabalarni ishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 11:36
-
Zelenskiy rossiyalik targ‘ibotchilarga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 11:11
Mavzuga oid

22:34 / 05.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

21:03 / 14.03.2025
Biz O‘zbekistonni Rossiyaning 10 ta ishonchli hamkorlaridan biri deb hisoblaymiz - Vyacheslav Volodin

07:25 / 13.02.2025