«Ştutgart» klubi rasmiy saytida Bundesliganing 15-turida «Herta»ga qarşi öyindan keyin (2:1), öyin vaqtida röy bergan fojiali holat haqida xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, mezbonlar sardori Kristian Gentnerning otasi öyin vaqtida özini yomon his qilib, huşidan ketgan. U bu vaqtda öğli iştirokidagi öyinni tomoşa qiliş uçun stadionga kelgandi. Şifokorlar futbolçining otasining hayotini saqlab qola olişmagan. Gentner maydonda 90 daqiqa davomida harakatlangan.
«Klub Gentnerga va uning oilasiga çuqur hamdardlik bildiradi va qiyin pallalarda qöllab-quvvatlaşini ma'lum qiladi», — deyilgan «Ştutgart» bayonotida.
«Ştutgart» 15 turdan keyin 14 oçko jamğargan holda Germaniya çempionati turnir jadvalida 15-örinda joylaşgan.












