Şveytsariyalik tennisçi Rojyer Federer Ştutgartda ötgan musobaqada ğolib böldi. Finalda Federer kanadalik Miloş Raoniç bilan töqnaş kelib, uni 6:4, 7:6 hisobida mağlub etgan.

Uşbu unvon 36 yoşli Federerning faoliyatidagi 98- va joriy mavsumdagi uçinçi unvoni böldi.

Federer joriy fevralda 2012 yildan beri ilk bor tennisçilar uyuşmasi reytingining eng yuqori poğonasini egallagan va ATR tarixida bunga erişgan eng yoşi katta (36 yoş 6 oylik) tennisçi böldi. Tennisçi joriy mavsumda umumiy hisobda reytingga 7 hafta boşçilik qildi. Federer reytingning 1-örnini ilk bor 2004 yilda egallagan va unda umumiy hisobda 309 hafta (237 hafta ketma-ket) qolgan.

Federer “Katta dubulğa” seriyasiga kiruvçi musobaqalarning 20 karra ğolibi hisoblanadi. Tennisçi Uimbldon musobaqasini 8 marta yutgan tarixidagi ilk tennisçi bölib, uning hisobida 2008 yilgi Olimpiadaning juftlikdagi oltin medali va 2012 yilgi Olimpiadaning kumuş medali bor.