Bugun, 15 dekabr kuni Özbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan taşkil etilgan «Yosh kitobxon» tanlovining 20-30 yosh toifasidagi respublika bosqiçi ğoliblari aniqlandi.
MTRKning Media markazida ötgan yakuniy bosqiçda 14 nafar qatnaşçilar «Özbek adabiyoti bilimdoni», «Jahon adabiyoti bilimdoni», «Buyuk mutafakkir va adib» hamda «Şe'riyat» kabi 4 ta şart böyiça bellaşişdi.




Şoirlar, yozuvçilar, öqituvçilar, jurnalistlar va boşqa mutaxassislardan iborat hakamlar hay'ati iştirokçilarni baholaşda ularning belgilangan kitoblarni öqiganligi, asarning mazmun-mohiyatini tuşungani va uni tahlil qilib bera oliş qobiliyatiga qarab baholab borişdi.
Tanlovning sönggi şarti «Şe'riyat» yönalişida Toşkent viloyatidan Dilnavoz Najimova, Toşkent şahridan Şohsanam Xolboyeva va Andijon viloyatidan Şohsanam Karimovalar taniqli şoirlar Usmon Azim, Sirojiddin Said, Abdulla Oripov hamda Muhammad Yusuf qalamiga mansub şe'riy satrlarni badiiy tahlil qilişda muvaffaqiyatli iştirok etişdi.


Xorazmlik Akbar Otaboyev, buxorolik Salomat Subxonova, surxondaryolik Javlonbek Xurramov, qoraqalpoğistonlik Abbos Reimov va navoiylik Asliddin Jarkenov, qaşqadaryolik Surayyo Şodiyeva hamda farğonalik Maftuna Muhammadaminova, sirdaryolik Dilfuza Qosimova, namanganlik Mohira Munavvarova, jizzaxlik Dilnavoz Ilhomova, samarqandlik Kamola Musulmonovalar esa mazkur şartda öz hisoblaridagi ballarga özgartiriş kirita olmadi.
Umumiy baholaş natijalariga köra Toşkent şahridan Toşkent davlat pedagogika universitetining 3-bosqiç talabasi Şohsanam Xolboyeva 327,2 ball bilan «Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqiçida ğoliblikni qölga kiritib, Prezident sovğasi «Spark» avtomobili va «Kitob olami» dökoniga 3 oylik xarid uçun 20 foiz çegirmaga sazovor böldi.


— Özbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan ötkazilgan «Yosh kitobxon» tanlovi respublika bosqiçiga tayyorgarliklar davomida 60 dan ortiq kitoblarni öqib çiqdim. Mazkur tanlovda ğolib bölişga ahd qilib, tayyorgarliklarga puxta yondaşdim. Uyimizda ota-onam kiçik kutubxona yaratib bergan. Bu kabi imkoniyat va şart-şaroitlar uçun ulardan çeksiz minnatdorman. Tanlovgaça tinimsiz öqidim, asarlarni tahlil qildim. Yodda qolişi uçun eng muhim nuqtalarni daftarimga qayd etib bordim. Bugun esa köp kitob öqib, badiiy savodxonligimni oşirganligim natijasida Prezident sovğasi “Spark“ avtomobiliga sazovor böldim, — deydi tanlovning 20-30 yosh toifasidagi iştirokçilarining mutlaq ğolibi Şohsanam Xolboyeva. — Hozirga qadar 400 dan ortiq badiiy asarni öqib çiqqanman. Mutolaalarim davomida Usmon Nosir, Lev Tolstoy, Paulo Koelo kabi adiblarning ijodini katta qiziqiş bilan öqidim. Kelajakda eng sevimli, malakali öqituvçi bölib, özim kabi yosh kitobxonlar davrasini kengaytirişni maqsad qilganman.
Toşkent viloyatidan Dilnavoz Najimova 264,5 ball bilan 2-örinni egallab, kompyuter jamlanmasi va «Kitob olami» dökoniga 3 oylik xarid uçun 15 foizlik çegirma bilan taqdirlandi.

Jizzaxlik Dilnavoz Ilhomova esa 259,2 ball bilan 3-örinni qölga kiritib, 200 ta kitoblar jamlanmasi va «Kitob olami» dökoniga 3 oylik xarid uçun 10 foizlik çegirmaga ega böldi.


Tanlovning barça iştirokçilari «Dugonalar» va «Yosh kuch» jurnali hamda «Yoshlar ovozi» gazetasiga 1 yillik bepul obuna böldi.
—Farzandlarimizning kitobga bölgan mehrini oşiriş, ularning orasida soğlom raqobatni uyğotişga qaratilgan “Yosh kitobxon” tanlovi boşlanguniga qadar 50 ta badiiy asar mutolaa qilgan bölsa, hozirga qadar ularning soni 3 barobarga köpaydi. Bu esa “Yosh kitobxon” tanlovining yoşlarimizni soğlom muhitda özbek va jahon adabiyotidan uyğoq tarzda voyaga yetişiga zamin yaratmoqda, – deydi Kamola Musulmonovaning otasi Husniddin Musulmonov. — Birgina “Yosh kitobxon” tanlovi qançadan qança yoşlarimizni kitob bilan inoqlaştirdi. Adolatli va şaffof tarzda ötgan tanlovni taşkillaştirgan Özbekiston yoshlar ittifoqiga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz.

2018 yilgi «Yosh kitobxon» tanlovining saralaş bosqiçlarida 20-30 yosh toifasidagi 1128 nafar iştirokçi öz bilimini sinab kördi.
Şahnoza Nurillayeva











