Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi va şahar IIBB xodimlari hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirda avtomobil Yunusobod tumanidagi «Uç qahramon» YPX maskanida töxtatilgan.
Tekşiruvda maşinada yölovçi sifatida ketayotgan, 2004-yilda Surxondaryo viloyatida tuğilgan şaxsga tegişli sellofan paketdan 200 ta zip-paketga qadoqlangan jami 365 gramm «Mefedron» topilgan. Moddalar aşyoviy dalil sifatida olingan.
Tadbir davomida uning Toşkent tumanida vaqtinça yaşab turgan xonadoni ham közdan keçirilgan. U yerdan yana 734 gramm «Mefedron», 63 gramm «Alfa-PVP» va 45 gramm «Spays» aniqlangan.
Şuningdek, xonadondan ikkita elektron tarozi, zip-paketlar va boşqa aşyolar protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Xabarda qayd etilişiça, mazkur şaxs muqaddam öğirlik bilan boğliq jinoyat uçun sudlangan. Tezkor tadbir maʼlumotlariga köra, u internet orqali narkotik sotuvçi dökonda moddalarni yaşirin joylarga qoldirib ketuvçi - «zakladçik» sifatida faoliyat yuritgan.
Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.












