Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa ittifoqi davlatlarini öz diplomatik missiyalarini Al-Qudsga köçirmaslikka çaqirdi. Bu haqda The Jerusalem Post «Isroil uçun Yevropa koalitsiyasi» taşkiloti asosçisi Tomas Sandellning bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.

Sandell sözlariga köra, kanslerning şaxsan özi Yevropadagi ayrim yetakçilarga, jumladan, Ruminiya rahbari Klaus Yoxannisga şunday iltimos bilan qönğiroq qilgan.

«Biz bilib qolgan narsani men ança avval eşitgandim, öz elçixonalarini Al-Qudsga köçirişga moyil bölgan Markaziy va Şarqiy Yevropa mamlakatlaridan, bu tabiiy edi - ularga Berlindan, kansler Merkeldan qönğiroq bölgan», - deya aytib ötdi faol.

Eslatib ötamiz, avvalroq Avstraliya boş vaziri Ğarbiy Al-Quds Isroil poytaxti deb tan olinişi haqida ma'lum qilgandi.