Rossiya antidoping agentligi boş direktori (RUSADA) Yuriy Ganusning aytişiça, Rossiya Jahon antidoping agentligi (WADA) vakillarini Moskvadagi laboratoriyaga kiritmaganligi sababli xalqaro musobaqalar ötkaziş huquqidan mahrum etilişi mumkin.
Uning sözlariga köra, WADA a'zolari ularning uskunalari Rossiya qonunçiligiga muvofiq sertifikatlaştirilmaganligi bois laboratoriyaga kiritilmagan. Rossiya tomoni bu muammoni 31 dekabrgaça hal qilişi lozim.
Agarda WADA belgilangan muddatda laboratoriyaga kirişga ruxsat olmasa, RUSADA faoliyati bekor qilinadi. Bu holda Rossiya xalqaro musobaqalarni qabul qiliş huquqidan mahrum etiladi, rossiyalik sportçilarga esa xorijda çiqişlar qiliş taqiqlanadi.
Eslatib ötamiz, doping mojarosi sababli Pxençxan şahrida bölib ötgan Olimpiada öyinlarida rossiyalik sportçilar neytral bayroq ostida qatnaşişgandi.












