Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Qaşqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalaniş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjatda qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz şahri festivallar şahri sifatida e'tirof etilgan.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qaşqadaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Şahrisabz şahrida yil davomida Amir Temur tavalludi kuni, “Köpkari” milliy öyini, folklor guruhlar va hunarmandlar festivali kabi turli madaniy-köngiloçar tadbirlarni aniq reja va tasdiqlangan taqvim asosida muntazam ötkazib boriş orqali Şahrisabz şahrini festivallar şahriga aylantiriş çoralarini köradi.
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi mazkur madaniy-köngiloçar tadbirlarni respublikaga taşrif buyuruvçi turistlar örtasida keng tarğib etiş hamda tadbirlar doirasida Şahrisabz şahriga turistlarni keng jalb etiş yuzasidan tegişli çora-tadbirlarni amalga oşiradi.
Quyidagilar:
Qaşqadaryo viloyatida yangi turizm yönalişlarini taşkil etiş yuzasidan çora-tadbirlar rejasi;
2019–2020 yillarda Qaşqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantiriş böyiça amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati tasdiqlanişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi:
Çora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini muvofiqlaştirsin, şuningdek unda belgilangan turizm yönalişlariga turistlarni jalb qiliş böyiça çoralarni köradi;
manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Çora-tadbirlar rejasi bajarilişi ustidan doimiy monitoringni olib boradi;
monitoring natijalari böyiça Özbekiston Respublikasi prezidentining «2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan taşkil etilgan Turizmni rivojlantiriş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaşga Çora-tadbirlar rejasining amalga oşirilişi böyiça ma'lumotlarni har çorak yakuni böyiça keyingi oyning 5 sanasigaça kiritilişi ta'minlaydi.
Qaşqadaryo viloyati hokimligi Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi va Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan birgalikda:
Qaşqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantiriş böyiça amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining tarmoq jadvallari tasdiqlanişini ta'minlaydi;
manfaatdor davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, tijorat banklari, loyiha taşabbuskorlari bilan birgalikda investitsiya loyihalarining öz muddatida va sifatli amalga oşirilişini ta'minlaydi;
muammoli masalalarni har oyda joyiga çiqqan holda örganib boriş, ularni tezkorlik bilan hal etiş böyiça amaliy çoralar köradi.
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi:
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi va Qaşqadaryo viloyat hokimligi bilan birgalikda viloyatning turizm marşrutlariga kiritilgan maskanlarda ekskursovod, gid va yöriqçi-kuzatuvçi tayyorlaş böyiça har çorakda kamida bir marta öquv kurslarini taşkil etadi;
Çora-tadbirlar rejasida belgilangan turizm yönalişlaridagi qişloqlar va turizm obektlariga borişni körsatuvçi maxsus turizm xaritalarini işlab çiqadi hamda barça joylaştiriş vositalariga va savdo nuqtalariga ularni bepul tarqatiş uçun taqdim qiladi.
Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi “Hisor” davlat qöriqxonasining muhofaza etiladigan hududlarini taşkil etiş va ekologik turizmni amalga oşiriş uçun rekreatsiya zonalari aniqlaş va çegaralarini aniq belgilaşni ta'minlaydi.












