Özbekiston terma jamoasi va Xitoyning «Şanxay SIPG» klubi yarimhimoyaçisi Odil Ahmedov 2018 yilda mamlakatimizning eng yaxşi futbolçisi deb topildi va öz rekordini oşirdi.
Şu paytgaça 31 yoşli futbolçi 2009, 2011, 2014 – 2016 yillarda jami 5 marta bunday e'tirofga sazovor bölgandi. Bundan taşqari, yilning eng yaxşi futbolçisini aniqlaş maqsadida ötkazilgan sörovnomada 3 marta 2-örinni va 1 marta 3-örinni ham qölga kiritgan.
Özbekiston terma jamoasining sobiq futbolçilari Mirjalol Qosimov va Maksim Şatskix öz faoliyatida 4 martadan yilning eng yaxşi futbolçisi bölişgan. Server Jyeparov va Pavel Bugalo 2 marta şunday e'tirofga sazovor bölişgan.
Şuningdek, Andrey Akopyants, Valeriy Keçinov, Oleg Şatskix, Sanjar Tursunov va Marat Bikmayev 1 martadan yilning eng yaxşi futbolçisi deb topilişgan.
Eslatib ötamiz, Odil Ahmedov 2018 yilda «Şanxay SIPG» klubi bilan Xitoy çempioni bölgan edi.

















