Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi (The Best sovrini) bo‘lishga da’vogar 11 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi.
Da’vogarlar orasida Fransiyaning «PSJ» klubi tarkibida Chempionlar Ligasining to‘rt nafar g‘olibi - «Oltin to‘p» sohibi Usmon Dembele, Ashraf Hakimiy, Nunu Mendesh va Vitinya bor.
Shuningdek, Harri Keyn («Bavariya»), Kilian Mbappe («Real»), Koul Palmer («Chelsi»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Pedri, Rafinya va Lamin Yamal (barchasi - «Barselona») ham nomzodlar qatorida.
O‘tgan yili ushbu sovrinni «Real» klubining braziliyalik forvardi Vinisius Junior qo‘lga kiritgan edi.











