Özbekistonda transport logistikasini rivojlantiriş, içki va taşqi yönalişlarni kengaytiriş hamda transport xizmatlari körsatiş sifatini oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşiriladi. Bu Özbekiston prezidentining «Özbekiston Respublikasida turizmni tezkor rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantiriş konsepsiyasida közda tutilmoqda.
Kontseptsiyada Özbekistonni yölovçi taşiş sohasida yirik mintaqaviy transport «xab»iga aylantiriş rejalaştirilgan.
Buning uçun xalqaro parvozlar geografiyasi va töğridan-töğri parvozlar, jumladan Özbekistonning tarixiy şaharlariga parvozlarni kengaytiriş, aviaparvozlar sifatini oşiriş va narxini pasaytiriş közda tutilmoqda.
Kontseptsiyani amalga oşiriş doirasida yölovçi taşişni rivojlantiriş dasturi qabul qilinadi. Dastur muntazam transport qatnovini yölga qöyiş, turistik markazlarni boğlovçi respublika va mintaqaviy ahamiyatga ega mavjud avtoyöllarni rekonstruksiya qiliş va yangilarini quriş, yölböyi infrastrukturasini (kemping, servis xizmati obektlari, umumiy ovqatlaniş, tibbiy va sanitar punktlari) yaxşilaş kabilarni öz içiga oladi.
Transport tariflarini maqbullaştiriş, yirik xalqaro aviataşuvçilarni jalb qiliş, arzon aviataşuvlar taşkil etiş va Özbekiston viloyatlari örtasida aviaqatnovlarni rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqilişi közda tutilmoqda.
Farmon bilan Özbekistonning logistik jozibadorligini tubdan yaxşilaş, xorij aviakompaniyalarini mahalliy aeroportlarga parvoz qilişga jalb qiliş böyiça işlarni muvofiqlaştiriş maqsadida Işçi guruhi tuzildi.
Respublikada tovar almaşişni, birinçi navbatda Yevropa va Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlaridan yölovçilar taşiş va investitsiyalar hajmini oşiriş uçun transport qatnovi tizimini tubdan yaxşilaş;
ziyorat turizmi yönalişi böyiça turistlar oqimini oşiriş uçun aviakompaniyalarni jalb etiş masalasini tezkorlik bilan hal etiş, Indoneziyadan muntazam aviareyslarni yölga qöyiş;
turistlarni jalb etiş maqsadida strategik muhim parvoz yönalişlarini aniqlaş;
respublika aeroportlarida yangi yönalişlarni yölga qöyiş maqsadida xorijiy aviataşuvçilar uçun çegirma va imtiyozlar tizimini işlab çiqiş;
mamlakatning ayrim aeroportlarida «oçiq osmon» tartibini joriy etiş;
mahalliy aviakompaniyalarni taşkil etişga kömaklaşiş maqsadida normativ-huquqiy bazani qayta körib çiqiş;
aviakompaniyalar xarajatlarini qisqartiriş va iste'molçilar uçun aviaçiptalar narxini maqbullaştiriş;
viloyatlar orasida içki aviaqatnovlar sonini oşiriş va boşqalar Işçi guruhning asosiy vazifalari etib belgilandi.












