Osiyo Kubogi guruh bosqiçining 1-turiga yakun yasab beruvçi Özbekiston – Ummon uçraşuvi oldidan taşkil etilgan matbuot anjumanining birinçi qismida Özbekiston termasi boş murabbiyi Ektor Kuper va jamoa sardori Odil Ahmedov iştirok etdi.

«Aytişim mumkinki, biz faqatgina Ummon bilan öyinga emas, butun Osiyo Kubogiga diqqat qaratgan holda tayyorgarlik körib keldik. Yuqori tempda maşğulotlar olib bordik. Tayyorgarligimizga baho beriş uçun ertangi öyinga qaraganimiz ma'qul», – dedi Kuper anjumanning kiriş qismida.

«Hammani Osiyo çempionati boşlangani bilan tabriklayman. Ertaga ikki jamoani ham juda qiziqarli öyin kutib turibdi. Ertaga biz uçun ijobiy kun bölişini va ğalaba qozonişni xohlardik», – deya öyinoldi fikrlari bilan örtoqlaşdi Odil Ahmedov.

– Ummon Fors körfazi çempioni böldi. Bu terma jamoaga qanday baho berasiz, uni qay darajada örganib çiqdingiz?

– Ummonni yaxşi terma jamoa deyiş uçun uning kuçini maydonda körişimiz kerak. Ular muhim musobaqa – Fors körfazi kubogida ğalaba qozonişdi, ammo ular buni ertaga ham maydonda körsata olişlari kerak. Biz barça raqiblarimizni hurmat qilamiz, şular qatorida Ummonni ham; ammo ulardan heç qaçon qörqmaymiz.

Osiyo Kubogida har qanday syurprizlar kuzatilişi mumkin. Har qanday jamoa qançalik kuçli ekanini maydonda isbotlaşi kerak.

– (Savol Odil Ahmedovga) Ummon terma jamoasining asosiy darvozaboni Al Habsi Osiyo Kubogida iştirok etmayapti. Bu jamoangizga qançalik qöl keladi, deb öylaysiz?

– Bu Ummon terma jamoasi uçun haqiqatan ham katta yöqotiş böldi. Bu darvozabonni yaxşi bilaman, u – kuçli darvozabon. Agar bu yöqotiş bizga qöl kelsa, bundan xursand bölardim.

– Janubiy Koreya bilan örtoqlik öyinidan keyin deyarli 50 kun ötdi, bu vaqt mobaynida birorta ham örtoqlik uçraşuvi ötkazmadi. Bu holat sizni xavotirga solmayaptimi?

– Çempionat oldidan örtoqlik öyini ötkazmaslik qarorini men qabul qildim va bundan xavotirga tuşayotganim yöq. Bu borada muammo yöq. Men Osiyo Kubogida iştirok etadigan terma jamoalar bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazişga yöq demagan bölardim, ammo bu turnirda qatnaşmayotgan jamoalarga qarşi öynaşni ma'qul topmadim. Şu bilan birga, jarohatlarning oldini oliş uçun ham şunday yöl tutdik.

– Terma jamoani qabul qilib olganingizda bir oydan söng jamoa haqida umumiy tasavvur hosil qilasizlar, degandingiz. Ötgan vaqt davomida özingiz istagandek jamoa va öyinni şakllantira oldingizmi?

– Yetarliça vaqt birga iş olib bordik. Tayyorgarlik vaqtida köp narsalarni özgartirdik. Heç qaysi murabbiy biz ertaga maydonga çiqib, özgaça va kutilmagan uslubda töp suramiz, deb kafolat bera olmaydi. Aytib ötganimdek, köp jihatlarda özgarişlarga qöl urdik, buni ertangi öyin körsatib beradi. Ertaga tomoşabop futbol namoyiş etamiz, bu hamma muxlislarga yoqadi.

– (savol Odil Ahmedovga) Termaning jismoniy holati doimiy ravişda tanqid qilib kelinadi. Jamoaning fizik tayyorgarligi qay darajada böldi?

– Maşğulotlarimizda jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan. Bu jihatga köproq e'tibor qaratyapmiz. Maydonda 90 daqiqa yuguriş kerak. Öylaymanki, jismoniy tayyorgarlik yuzasidan muammo bölmasligi kerak.

Anjumandan söng terma jamoa öyinoldi rasmiy maşğulotlariga kirişadi. Mahalliy vaqt bilan soat 17:15da Ummon termasi boş murabbiyi Piter Tim Verbeyek va jamoa sardori Ahmad Kano jurnalistlar savollariga javob qaytarişadi.

Eslatib ötamiz, ertaga, 9 yanvar kuni «F» guruhida birinçi tur öyinlari ötkaziladi. Toşkent vaqti bilan soat 16:00da Yaponiya–Turkmaniston, 18:30da Özbekiston–Ummon öyini boşlanadi. Dastlabki öyin Abu-Dabida, Özbekiston termasi iştirokidagi bahs Şarja şahrida bölib ötadi.