Avstraliyada bölib ötayotgan ayollar örtasida Osiyo kubogi çorak finalida Özbekiston terma jamoasi futbolçilari Janubiy koreyalik raqibalariga qarşi maydonga tuşdi.

Bahs 6:0 hisobida Janubiy Koreya ayollar terma jamoasi ğalabasi bilan yakunlandi.

Özbekistonlik ayol futbolçilar bangladeşlik raqibalarini 4:0 hisobida yengib çorak finalga çiqişgandi.

Endi ular 19 mart kuni jahon çempionati yöllanmasi uçun Yaponiya – Filippin bahsida imkoniyatni boy bergan jamoa bilan kuç sinaşişadi.

Osiyo kubogida eng yaxşi natijaga erişgan olti jamoa 2027 yilgi ayollar örtasidagi Jahon çempionatiga töğridan-töğri yöllanmani qölga kiritadi.