Futbol böyiça Özbekiston ayollar milliy jamoasi Avstraliyada bölib ötayotgan Osiyo kubogidagi iştirokini yakunladi.
Litvalik murabbiy Kotrina Kulbite qöl ostidagi jamoa kuçli sakkiztalikka kirdi.
Futbolçilar Bangladeşni 4:0 hisobida mağlub etdi. Ammo KXDR (0:3), Xitoy (0:3) va Janubiy Koreyaga (0:6) yutqazdi.
Jahon çempionati yöllanmasi uçun hal qiluvçi kuraşda Filippin milliy jamoasiga 0:2 hisobida yutqazdi.
Endi Özbekiston ayollar milliy jamoasi qit’alararo saralaş musobaqasida iştirok etadi. Birinçi bosqiç noyabr-dekabr oylarida markazlaşgan formatda bölib ötadi. Ikkinçi bosqiç 2027 yil fevral oyiga belgilangan.
Özbekiston ayollar milliy jamoasi tarixda biror marta jahon çempionatida iştirok etmagan.












