Osiyo Kubogini Ummonga qarşi qiyin keçgan uçraşuvdagi ğalaba (2:1) bilan boşlagan Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Ektor Kuper öyindan keyingi matbuot anjumanining ikkinçi qismida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
«Ummon bilan öyinning qiyin ötişini kutgandik. Töpga egalik qiliş jihatdan kuçli jamoa ekanini körsatdi. Biz ikkita ikki xil bölimlarga guvoh böldik. Ikkinçi taymda, afsuski, Ummon öyinni köproq nazorat qilişiga qöyib berdik. Şunga qaramay, har ikkala jamoa ham yetarliça vaziyatlarga ega böldi», – dedi Ektor Kuper anjumanning kiriş qismida.
– Jamoa ikkinçi bölimda sizning körsatmangiz bilan himoyaviy futbol körsata boşladimi?
– Ikkinçi bölimda himoyaviy öyin körsatiş borasida körsatma berganim yöq. Tanaffusda futbolçilarga köproq töpga egalik qilişni aytgandim, ammo afsuski Ummon juda yaxşi pressing qöllay oldi. Himoyaviy futbol körsatiş böyiça topşiriq bermadim.
– Musobaqa endigina boşlandi, ammo futbolçilarda hozirdanoq çarçoq alomatlari közga taşlana boşlagandek körinmoqda.
– Futbolçilar tetik, çarçaşgani yöq. Ikkinçi bölimdagi öyinning bunday keçişi sababli ular biroz asabiy töp surişgani uçun ham şunday körinişdi.
– Hisob 1:1 körinişiga kelganda ğalaba qozona olişingizga qançalik işonayotgan edingiz?
– Durang hisob bölayotganda ham ğalaba qozonişimizga işonçim bor edi. Bunday qiyin öyinda ğalabaga erişa olganimizdan xursandmiz.
– Pozitsion hujumlar juda kam; birinçi gol standart vaziyatdan, ikkinçisi esa zaxiradan tuşgan Şomurodovning individual mahorati evaziga urildi. Asosiy tarkibda öynagan Bikmayev va Siddiqovning öyini haqida nima deya olasiz?
– Men muayyan öyinçilarning yakka özini olgan holda muhokama qilmayman. Futbolçilarning özlari bilan gaplaşib olişimiz kerak bölgan mavzular yetarliça. Gap faqat bir yoki ikki öyinçida emas.
Özbekiston terma jamoasi keyingi uçraşuvini Dubay şahrida Turkmaniston termasiga qarşi ötkazadi. Uçraşuv 13 yanvar, yakşanba kuni Toşkent vaqti bilan soat 21:00da boşlanadi.












